Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat ...
Хоразм вилояти ҳокимлиги
 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1767,6 ming kishini tashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 30,7 ming kishiga yoki 101,8 foizga ko‘paydi. 


2016 yil yanvar-sentyabrda bozor xizmatlari ishlab chiqarishning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi 1881,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shu jumladan qishloq joylarida 656,3 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 34,9 foizini tashkil qildi. 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o‘sish 115,4 foizni tashkil etdi.
Bozor xizmatlari ishlab chiqarishning iqtisodiy faoliyat 


Yuk tashish. 2016 yil yanvar-sentyabrda barcha transport turlari tomonidan 
38,7 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 
6,8 foizga ko‘p.
Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 977,5 mln.tn-km. ni tashkil qildi va 4,6 foizga ko‘paydi.


2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga 
1085,3 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,0 foizni tashkil qildi.

2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 2267930,9 mln. so‘mni va 2015 yilning shu davriga nisbatan 107,2 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chikarish hajmi 924693,1 mln. so‘mni (2015 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 108,6 foiz), chorvachilik mahsulotlari 1287085,2 mln. so‘mni (106,1 foiz) tashkil etdi.


2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1702,7 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 86,2 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida 1010,7 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 79,7 foizni tashkil etdi. Jumladan, 440,5 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, aroq-vino mahsulotlari va pivo, 570,2 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 99,6 foiz va 69,1 foiz) ishlab chiqarildi.


2016 yilning yanvar-sentyabrda tashqi savdo aylanmasi 
176,9 mln. AQSh dollarini, jumladan 76,7 mln. AQSh dollarini -eksport operatsiyalari, 100,2 mln. AQSh dollarini-import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining saldosi -23,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.
 


2016yilning 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 11050 tani tashkil qildi.
2016yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 75,3 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 75,2 foiz) kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.


Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra,
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 13832 tani tashkil qilib, shundan 13345 tasi yoki 96,5 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 3308 ta (23,9 foizi), sanoat 2016 (14,6 foizi), qurilish 1408 ta (10,2 foizi) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1045 ta (7,6 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil yanvar-iyunda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 2716,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 
2015 yilning yanvar-iyunga nisbatan o‘sish sur’ati 3,2 foizga teng bo‘ldi.

2016 yil yanvar-iyun oylarida YaHM deflyator indeksi 107,1 foizni tashkil qildi.