Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 2267930,9 mln. so‘mni va 2015 yilning shu davriga nisbatan 107,2 foizni tashkil qildi.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chikarish hajmi 924693,1 mln. so‘mni (2015 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 108,6 foiz), chorvachilik mahsulotlari 1287085,2 mln. so‘mni (106,1 foiz) tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 40,8 foizni, chorvachilik mahsulotlari 56,8 foizni tashkil qildi.
Hosil yig‘imi. 2016 yil yanvar-sentyabr oylrida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 229,3 ming tonna boshoqli don ekinlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga kupaygan, shundan 228,7 ming tonna bug‘doy (4,7 foiz).
Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 97,2 ming tn. kartoshka qazib olindi (2015 yilga nisbatan 5,5 foizga ko‘p), 372,3 ming tn. sabzavot (7,0 foizga ko‘p) 110,9 ming tn. poliz ekinlari (7,1 foizga ko‘p) 137,7 ming tn. meva va rezavorlar (5,5 foizga ko‘p) va 29,0 ming tn. uzum (8,2 foizga ko‘p) etishtirildi.
Chorvachilik. 2016 yilning 1 oktyabr holatiga yirik shoxli qoramollar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,1 ming boshga (3,2 foizga), shu jumladan sigirlar 9,3 ming boshga (3,0 foizga), qo‘y va echkilar 12,8 ming boshga (3,3 foizga), parrandalar 644,4 ming boshga (14,6 foizga) ko‘paydi.
2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 110,8 ming tonna tirik vaznda go‘sht (o‘tgan yilga nisbatan 106,1 foiz), 462,3 ming tonna sut (106,2 foiz), 314,0 mln. dona tuxum (108,0 foiz), 1125 tonna jun (104,6 foiz), 6,0 ming dona qorako‘l teri (105,1 foiz) etishtirildi.
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o‘sishi asosan dehqon xo‘jaliklari hisobiga bo‘lib, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 96,3 foizni, sut ishlab chiqarishda – 95,2 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 63,5 foizni tashkil etdi.
Fermer xo‘jaliklari.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga fermer xo‘jaliklarida 61,3 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 22,4 ming bosh sigir, 28,6 ming bosh qo‘y va echkilar, 1108,0 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2015 yilning 1 oktyabriga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 114,8 foizni, shu jumladan sigirlar 112,6 foizni, qo‘y va echkilar 101,8 foizni, parrandalar 111,1 foizni tashkil qildi.
Fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:
| yanvar-sentyabr | 2015 yil yanvar-sentyabriganisbatan foiz | |||
2015 y. | 2016 y. | ||||
tonna
| ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz | tonna
| ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz | ||
|
|
|
|
| |
Boshoqli don | 125484 | 57,3 | 134930 | 58,8 | 107,5 |
shu jumladan bug‘doy | 125184 | 57,3 | 134600 | 58,8 | 107,5 |
Kartoshka | 21550 | 23,4 | 21600 | 22,2 | 100,2 |
Sabzavot | 85200 | 24,5 | 92500 | 24,8 | 108,6 |
Poliz | 60450 | 58,5 | 64800 | 58,5 | 107,2 |
Meva va rezavorlar | 65690 | 50,4 | 69300 | 50,3 | 105,5 |
Uzum | 8352 | 31,2 | 8800 | 30,4 | 105,4 |
Go‘sht, tirik vaznda | 3160 | 3,0 | 3372 | 3,0 | 106,7 |
Sut | 32700 | 4,6 | 35200 | 4,6 | 107,6 |
Tuxum, ming dona | 16250 | 5,6 | 17700 | 5,6 | 108,9 |
Jun, tonna | 144 | 13,4 | 153 | 13,6 | 106,3 |
Qorako‘l, dona | 510 | 9,0 | 540 | 9,0 | 105,9 |
Pilla, tonna | 2103,5 | 96,8 | 1975,8 | 90,7 | 93,9 |
Бош саҳифага қайтиш