Demografiya va mehnat bozori
Demografiya va mehnat bozori
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1767,6 ming kishini tashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 30,7 ming kishiga yoki 101,8 foizga ko‘paydi.Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-sentyabrda quyidagicha ifodalanadi:
Kishi | Har 1000 kishiga | ||||
| 2015 y. | 2016 y. | o‘sish, | 2015 y. | 2016 y. |
|
|
|
|
| |
Tug‘ilganlar | 27130 | 27211 | 81 | 21,0 | 20,7 |
O‘lganlar | 5525 | 5659 | 134 | 4,3 | 4,3 |
shu jumladan bir yoshgacha bolalar 1000 tug‘ilgan bolalarga nisbatan | 392 | 413 | 21 | 13,8 | 14,0 |
Tabiiy o‘sish | 21605 | 21552 | -53 | 16,7 | 16,4 |
Nikohlar | 11606 | 10348 | -1258 | 9,0 | 7,9 |
Ajralishlar | 726 | 821 | 95 | 0,6 | 0,6 |
Tug‘ilish darajasining kamayishi viloyatning Bogot tumanida (22,1 dan 21,6 promillega), Kushkupir tumanida (20,7 dan 19,8 promillega), Shovot tumanida (22,6 dan 21,4 promillega) kamayish kuzatildi.
O‘lim darajasi. 2016 yilning yanvar-sentyabrida o‘lganlar soni 5659 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (5525 kishi) nisbatan 134 taga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsienti 4,3 promilleni tashkil qildi (2015 yil yanvar-sentyabrida – 4,3 promille).
O‘lganlar sonining ko‘payishi Bogot tumanida (3,9dan 4,5 promillega), Gurlan tumanida (4,0 dan 4,4 promillega), Shavat tumanida (3,7dan 4,6 promillega) ko‘payish kuzatildi.
O‘lganlar umumiy sonidan 50,7 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 11,3 foizi - o‘sma kasalliklaridan, 4,6 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 4,8 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan, 8,5 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-sentyabrida bir yoshga to‘lmagan 413 ta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsienti 14,0 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar-sentyabrida 13,8 promille).
Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 66,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 10,5 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 17,5 foizi - tug‘ma anomaliyalardan va 5,3 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.
Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar-sentyabrida FHDYo organlarida 10348 ta nikohlar va 821 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 7,9 ta nikoh (2015 yilning tegishli davrida 9,0 ta) va 0,6 ta ajralishlar (2015 yilning tegishli davrida - 0,6 ta) to‘g‘ri keladi.
Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 4519 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 5378 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 859 kishiga (2015 yilning shu davrida - minus 279 kishi) teng bo‘ldi.
Eng katta minus qoldig‘lar Urganch shaxarda (minus 965), Gurlan tumanida ( minus 122 ), Bog‘ot tumanida (minus 110) Xazarasp tumanida (minus 171) kuzatildi.
Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,2015 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 101,8 foizga ko‘payib 984,9 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,0 foizini tashkil qildi.
Iqtisodiy faol aholi soni 727,2 ming kishini tashkil etdi va 2015 yilning shu davriga nisbatan 102,1 foizga ko‘paydi, shu jumladan 714,9 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 98,3 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2016 yil yanvar-sentyabr oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 12,3 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 0,6 ming kishiga kamdir.
2016 yil yanvar-sentyabrda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab, 12258 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Urganch shaharda (1528 kishiga), Gurlan (1153 kishiga ),Kushkupir (1166 kishiga), Xonqa (1543 kishiga) va Xiva (1426 kishiga), Shovot (1079 kishiga) to‘g‘ri keladi.
Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan
11413 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko‘rsatkich Urganch shaharda (1381kishiga), Kushkupir (1074 ishiga), Xonqa (1386 kishiga) va Shovot (1195 kishiga), tumanlarida yuqori darajada bo‘ldi.
Joriy yil mobaynida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 1275 nafari ishsizlik maqomini olgan.
Бош саҳифага қайтиш