Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Xorazm viloyati to‘g‘risida umumiy ma’lumot

  • Qog'ozga chop etish
05.01.2022

Xorazm viloyati to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Xorazm viloyari haritasiXorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining shimoliy g‘arbida joylashgan. Er maydoni 6,1 ming kv km ni tashkil etadi va O‘zbekiston hududining 1,4 foizini egallaydi. Xorazm viloyati doimiy aholisining soni 2022 yil 1 yanvar holatiga 1924,2 ming kishini tashkil qildi. Viloyat geografik o‘rniga ko‘ra 40°-31° va 42° shimoliy kengliklar 60°-62° sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Hududi shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqqa 280 km, Urganch shahri joylashgan kenglikda g‘arbdan sharqqa 80 km atrofida cho‘zilgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nuronbobo to‘qayiga to‘gri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan. 
Xorazm viloyati er tuzilishi jihatidan ikki qismga. Dengiz satxidan 100-110 m baland bo‘lgan katta shimoliy qismga va dengiz satxidan 120-150 metrgacha baland bo‘lgan chekka janubiy qismga bo‘lish mumkin. 

Viloyat iqlimi keskin kontinental bo‘lib, hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43°+45° C darajaga ko‘tariladi. Xorazm viloyati ma’muriy xududiy tuzilishi bo‘yicha 11 ta tuman hamda Urganch va Xiva  shaharlariga ajratiladi.
Viloyatda xalqaro klassdagi aeroport bo‘lib, hozirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha havo yo‘llari bilan bog‘langan. 
Viloyat hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva shahridagi me’moriy obidalar bugun dunyo ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu erda Ark, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Deshanqal’a yodgorliklari alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa’la yodgorlik majmui esa YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy Xiva shahrining 2500 yilligi 1997 yilda xalqaro miqyosda keng nishonlandi. 

Xorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti - Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan. 
Ma’lumki, Xorazm diyori dunyo tsivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari ham dastlab mana shu erda yaratilgan. 

Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor ana shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, er, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni anglatadi. 

Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan Muhammad Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika ummoni ortida quruklik, noma’lum qit’a borligini aytib, erning aylana shakldagi xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorulloh, ya’ni Ollohning qo‘shnisi degan nomga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan. Xorazm viloyati Paxlavon Mahmud, Sulton Uvays, Nosiriddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk o‘g‘li Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Bayoniy, Chokar, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ko‘plab mutafakkir, ilm-fan va san’at namoyandalarining vatani hisoblanadi.





Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Март 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Fotogalereya