Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Madaniyat



Xivalik ustalarning xunarmandchilik san’ati. 
Ichon-qal’a ichida joylashgan ayrim madrasalar ichida xunarmandlar o‘z ustaxonalarini ochishgan. Ipak gilam to‘qiyotgan to‘quvchilar, yog‘och o‘ymakorligi san’anti, qo‘g‘irchoqbozlar va so‘zana tikayotgan ayollarning ish jarayonini kuzatish juda qiziqarli. Xiva o‘ziga xos musiqasi, an’anviy raqslari bilan juda mashxur. Turistik mavsumda folklor ansambli xaftaning ma’lum kunlari va Darboz-akrobatlar xar kuni kunning ikkinchi yarmida tomoshalar uyushtirishadi.



Xorazm viloyatining madaniyati va urf odatlari juda uzoq tarixga ega. Asrlar davomida Amudaryo o‘zani atrofida rivojlanib kelayotgan Xorazm madaniyatini xaqli ravishda jaxon tsivilizatsiyasining yuksak xizmatlaridan biri bo‘lish bilan birga, O‘zbekistonning ko‘p qirrali ma’naviy dunyosini xam aks ettiradi. Qadimgi Xorazmliklar madaniyatining eng go‘zal durdonasi butun dunyoga mashxur “Ichon-qal’a” arxitektura ansambli xisoblanadi. O‘z navbatida majmua ko‘p sonli muzeylar kollektsiyasi xamdir.



Ichon-qal’a muzeylar ekspozitsiyasida IX – XX asrga oid ganch o‘ymakorlik san’ati, chilangar ustalar va kulollar mexnati namunalari, zargarlik buyumlari va qurol-yarog‘ namunalari saqlanadi. Shuningdek, turli naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan marmar plitalar va ustunlar, to‘qimachilik namunalari, milliy liboslar, charm maxsulotlari ham o‘ziga xos axamiyatga ega. 
VIII asrga kelib O‘rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinishi oqibatida mamlakatga islom dini kirib keladi. Ayni shu davrda Xorazm madaniyatida radikal o‘zgarishlr sodir bo‘la boshladi. Yangi g‘oyalar ta’sirida shaxarlarning qiyofasi tubdan o‘zgardi yangi diniy-madaniy, ma’muriy binolar va karvon saroylar qurila boshlandi. IX – X asrlardan boshlab madaniy xayotda arxitektura va xunarmandlik birinchi o‘ringa ko‘tarildi va ayni paytda eski g‘oyalar bilan bog‘liq bo‘lgan madaniyat ya’ni tasviriy san’at, xaykaltaroshlik kabi yo‘nalishlar axoli turmush tarzidan uzoqlashib ketdi. San’at tarkibi va mazmuni jixatdan tubdan o‘zgardi – ifodalash (borliqni va mavjudotlarni ifodalash) san’ati deyarli yo‘qolib ketdi, uning o‘rniga geometrik naqshlarga asoslangan tekis ornomental uslub kirib keldi. Naqqoshlik san’ati Xorazm badiiy xunarmandchiligining asosiga aylandi.

XI-XII asrlarda naqqoshlik san’atida butun o‘rta osiyo madaniyatiga ta’ssir o‘tkazuvchi jarayonlar sodir bo‘la boshladi. Ayni shu davrga kelib sopol va shisha buyumlardan foydalanish ommalashdi. 
XII-XIII asrlarda Xorazmshoxlar imperiyasi vujudga keladi. Imperiya Kavkazdan tortib Xindiston chegaralarigacha bo‘lgan xududni egallab oladi.  Ayni shu davrga kelib xudud iqtisodiyotida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatiladi. Suv yo‘llari takomillashtirilib ekin maydonlari ko‘paytiriladi, Movarounnaxr va Xuroson bilan savdo-sotiq jonlantiriladi. 
Ilm-fan, madaniyat va san’at tez sur’atlarda rivoj oladi, rango-rang ustunlar va ganch o‘ymakorlik namunalari bilan bezatilgan bayram va tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus binolar va diniy maussalar uchun binolar qurila boshlandi.


imperiyaning kelgusi rivojlanishiga Chingizxon armiyasining xujumi sabab bo‘ldi. Bu talonchilik oqibatida xudud iqtisodiyoti butkul izdan chiqdi. Biroq XIII o‘rtalarida-yoq Xorazmning iqtisodiy xayoti yana izga tusha boshladi. 
O‘sha davr tarixchilarining yozishlaricha Urganch yana poytaxtga aylanadi va unda "…chiroyli bozorlar, keng ko‘chalar, ko‘plab bino va inshootlar" qurila boshlangan.  
XIV asrga kelib badiiy san’atda sopol buyumlar yasash yanada takomillashdi shakllar xilma xilligi va sifat darajasi yaxshilandi. 

Bu davr keramikasi turli badiiy va texnologik o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. O‘simliklar ramzini keltirilgan asosiy bezak motivi biroz kengayadi Eron va Xitoy xunarmandchiligi ta’sirida xayvonot olami shakllaridan xam foydalanila boshlandi.

bo‘yalgan sopol Arxitektura yodgorliklarida yanada kengroq foydalanila boshlandi. Asosiy ranglar politrasi ko‘k va moviy ranglarni tashkil etgan. 
XIV asr oxirida Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi. XV asrga kelib Xorazmning quruvchi-usta va xunarmandlari Samarqand, Buxoro va  Shaxrisabz shaxarlariga Oq Saroy, Jaxongir (Xazrat Imom) va Chashma Ayyub saroylari kabi Sharq arxitekturasi durdonalarining qurilishiga olib ketilgan. Shu tariqa Xorazmning boy madaniyati butun O‘rta Osiyoga tarqalgan.