Click to listen highlighted text!


      Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Yaxshiboev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Bogʼot tumani hokimi lavozimiga Nazarov Jahongir Baxromovich nomzodini tavsiya etdi. Muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan maʼqulladilar. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Nazarov Jahongir Baxromovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, kecha muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chogʼida belgilab berilgan vazifalar va ularni izchil amalga oshirish chora-tadbirlari xususida toʼxtaldi. Bogʼot tumanining iqtisodiy salohiyati yuksakligi, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar juda katta ekanligini taʼkidlab, ana shu masʼuliyatli vazifalarni bajarishda tumanning yangi rahbariyati va faollariga muvaffaqiyat tiladi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


    Sessiyada tashkiliy masala koʼrib chiqildi. Kun tartibidagi masala boʼyicha Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Frunze Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Urganch tumani hokimi lavozimiga Sultanov Gʼayratjon Poʼlatovich nomzodini tavsiya etdi. Ushbu taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Sultanov Gʼayratjon Poʼlatovich Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

      Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha ishlab chiqilgan “Yoʼl xaritasi” ijrosi boʼyicha tuman faollari oldida turgan vazifalar xususida toʼxtaldi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati




Bugun Qoʼshkoʼpir tumanidagi Chamanzor mahallasida Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli oʼtkazildi. Inson qadrini ulugʼlash, xalqimizni rozi qilish, muammolarga oqilona yechim topish maqsadida tashkil qilingan sayyor qabulda fuqarolarning ijtimoiy va maishiy masalalar boʼyicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʼrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish, moddiy qoʼllab- quvvatlash choralari koʼrildi. Zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


       Sessiyada tashkiliy masala koʼrildi. Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov Qoʼshkoʼpir tumani hokimi lavozimiga ilgari iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi " Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori oʼrinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich nomzodini tavsiya etdi. Muzokarada soʼzga chiqqanlar nomzodni yakdillik bilan qoʼllab- quvvatladilar. Ovoz berish natijalariga koʼra Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qoʼshkoʼpir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari, bu borada ishlab chiqilgan "Yoʼl xaritasi"da belgilangan chora- tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha galdagi vazifalar xususida toʼxtaldi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati



      Qabulda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning uy-joy taʼminoti, ish bilan taʼminlash, davolanish uchun moddiy yordam, tadbirkorlik va dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 
Har bir murojaat soha mutaassislarini jalb qilgan holda chuqur oʼrganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muyayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati




Юртимизда ҳур сўз, эркин фикрга кенг ўрин ажратилгани, қаламкашман деганга катта ҳуқуқ ва ваколатлар берилганини эндиликда бутун жаҳон билади. Мамлакатимиз Конституциясида зикр қилинишича: "Оммавий ахборот воситалари эркиндир ва қонунга мувофиқ ишлайди.Улар ахборотнинг тўғрилиги учун жавобгардирлар." Конституциямиз руҳи билан суғорилган   қонунчилигимизга кўра ҳар ким ахборотни монеликсиз излаш,олиш,текшириш,тарқатиш,ундан фойдаланиш ва уни сақлаш ҳуқуқига эга.Ахборотни бузиб талқин этиш ва сохталаштириш тақиқланади.Оммавий ахборот воситалари ўзлари тарқатаётган ахборотнинг ҳаққонийлиги  учун ахборот манбаи ва муаллифи билан биргаликда қонунда белгиланган тартибда жавобгар бўладилар.Фуқароларнинг шаъни ва қадр-қимматини ёки ишчанлик обрўсини таҳқирлаш,шахсий ҳаётига аралашиш тақиқланади.






Bugun viloyatimizda oʼzlarining koʼp yillik fidokorona mehnatlari bilan el-yurt hurmatini qozongan nuroniylar, Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshib kelayotgan oʼrta avlod vakillari hamda faol yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʼtkazildi. Tadbir ishtirokchilari dastavval Xiva shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil qilingan koʼchat ekish tadbirida qatnashdilar.