Xorazmga sayoxat
Xorazmga sayoxat
Buyuk ipak yo‘lining markaziy shaxarlaridan biri bo‘lmish Xivani tomosha qilish uchun Xorazmga tashrif buyursangiz albatta “Ichon qal’a”ni kesib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘xna shaxarning sharqona ruxini xis qilish uchun uning bozorlarini, milliy xunarmandchilik saboqlari o‘tkaziladigan maxsus maktablari-yu, chalkash tor ko‘chalarini aylanib ko‘rishingiz mumkin.
1984-1993 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Arxeologik qazishmalar natijasiga ko‘ra, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki shaxarning paydo bo‘lgandan 2500 yildan ortiq vaqt o‘tgan.
XIX asrga kelib shahar kengaydi, u ikki qismdan, ya’ni Ichan qal’a yani shahriston (ichki shahar) va Deshon qal’a rabot (tashqi shahar) qurildi. Shahar tevaragida esa o‘nlab qishloqlar joylashgan edi.
Xiva shaxarning markaziy qismida joylashgan tarixiy yodgorliklardan tashqari boshqa qiziqarli tomoshabop joylarni taklif qilishi mumkin. “Ichon kala” devorlaridan tashqarida an’anaviy turistik yo‘nalishlarga noma’lum joylar mavjud.
Shaxar savdo karvonlari uchun katta axamiyatga ega shaxar bo‘lgan. Metropol vazifasini o‘tash bilan bir qatorda Xiva shaxri diniy, madaniy va ilmiy markaz vazifasini o‘tagan. Xozirgi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan ichki qal’a devorlari orasidagi “Ichan qala” eski shaxar majmuasi ko‘p sonli masjid, madrasa, minoralari va to‘rtta darvozasi bilan Yuneskoning butun jaxon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
So‘ng siz Xon qarorgoxini, eski qo‘rg‘on, masjid, qabullar uyi, xaram, zarbxona, qurol-yarog‘ ombori va xibsxona (zindon)ni o‘z ichiga olgan Ko‘xna arkni tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘xna ark eramizning XII-XXI to‘liq kompleks sifatida shakllangan ammo uning haqiqiy yoshi Xivaning paydo bo‘lish davri bilan tenglashtiriladi. Eski shaxarning butun go‘zalligini tomosha qilish uchun taxt joylashgan zal orqali kuzatuv minorasiga ko‘tarilish lozim.
Musulmonlarning yana bir mashxur ziyoratgoxi maftunkor moviy gumbaz va naqshlar bilan bezatilgan Paxlavon Maxmud maqbarasidir (e. XIV-XX-a.). Paxlavon Maxmud (e. XIV-a.) mashxur kurashchi, shoir, faylasuf va teri ustasi bo‘lgan. Uning maqbarasi yonida bir necha xonlarning va ularni oilalarining xonaqolari joylashgan.
Polvon Darvoza (Sharqiy Darvoza, 1838-1842 yy.) yonida siz uncha katta bo‘lmagan masjidga duch kelasiz, Oq masjid 1657 yili Ok Xonim Bika tomonidan qurdirilgan.
Nurillaboy majmuasi
Nurillaboy majmuasi 1893-1904-yillar oralig‘ida Xiva Xoni Muxammad Raxim-Xon II tomonidan o‘g‘li shaxzoda Isfandiyor xon sharafiga qurdirilgan. Otasining o‘limidan so‘ng Isfandiyor xon xorijlik mexmonlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha qasr qurdirgan. Bu qasr Xivadagi xonlar qarorgoxlaridan o‘zining dizayni va arxitekturasi bilan tubdan farq qiladi.
Qasr qurilishida Sharqona va Evropacha uslub aralashgan. Barcha xonalar bir-biridan tubdan farq qiladi. Rus uslubidagi kamin, katta keng oynalar va sharqona uslubda geometrik naqshlar va gullar bezalgan turfa rang shiftlar. Qasrning balanda eshik va oynalari Nemis duradgorlari tomonidan yasalgan.
Nemis Mennonitlari qabilasi Xonligi xududida Oqmachit qishlog‘ida yashashgan (Xozirgi kunda Yangiariq tumani).
«Qibla toza bog‘» 1897 yilda Muxammad Raxim-Xon II tomonidan qurilgan.
Obida 120x50m maydonni egallagan baland devorlar bilan o‘ralgan ansambldir. Majmua tarkibi ikki qavatli qasr, ikkita masjid, madrasa, otxona, tegirmon va boshqa xo‘jalik binolaridan iborat uchta xovlidan tashkil topgan. Asosiy xovli markazida xovuz va manzarali daraxtlar bilan bezatilgan bog‘ joylashgan. Bu qasr xam Nemis-mennonitlar qabilasi duradgorlari tomonidan sayqal berilgan. Xozirgi kunda majmuaning ba’zi xonalari restoranga aylantirilgan.
Xusayn Matmurodov Madrasasi
Xusayn Muxammedboy madrasasi Ichon-qal’aning sharqiy darvozasi Polvon Darvozada joylashgan. Madrasa 1905 yil boy savdogar Xusayn Matmurodov matmurodov tomonidan qurilgan. U Jadidchilik xarakati namoyondalaridan biri bo‘lgan. Jamiyatdagi o‘rni va boyligiga qaramay u feodalizmga qarshi kurashgan. Shu sababli Junaid Xon tomnidan o‘ldirilgan. 2013 yilda madrasa restovratsiya qilingan va Xorazm milliy taomlari restorani sifatida foydalaniladi.
Said Moxi Ruyi Jaxon Mavzoley kompleks
Majmua Said Muxammad Xon tomonidan 19 asrda Chodirli Eshon qabri ustiga qurdirilgan. Obida uchta binodan iborat bo‘lib, asosiy maqbarada bir nechta Xiva Xonlari dafn qilingan ulardan biri Muxammad Raxim-Xon II va uning nabirasi Temurg‘ozi to‘ra. Qabr toshlari movi mozaika bilan bezatilgan.
Turkman qal’a «Ulli xovli»
Ulli Xovli 1640-1694-yillarda axoli turar joylari sifatida qurilgan tarixiy qal’adir. Qal’aga 1600-yillar o‘rtalarida turkmanlar ko‘chmanchi o‘rtoqlashishi natijasida asos solingan. Asosiy qal’adan tashqari Oshoq ovva va Yuqori ovva deb atalgan qal’alar xam bo‘lgan ammo ular xozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan.
Ulli Xovli Xiva xonligi xududida yashagan turkman qabilalarini madaniyati va turmush tarzini namoyish qiluvchi eng qadimiy obidalardan.
Chodra Xovli
Chodra Xovli Xivaning sharqiy tomonida shaxardan 11 km uzoqlikda Yangiariq yo‘li bo‘yida joylashgan. O‘ziga xos shaklga ega bu bino 1871 yili Muxammad Raxim-Xan tomonidan yozgi qarorgox sifatida qurdirilgan.
To‘rt qavatli 30 metrli bino o‘ziga xos dizayni bilan minorani eslatadi.
O‘zgacha dizayndan tashqari bino nisbatan kichik asosga ega ya’ni 16mx8m. Erto‘lada otxona va ikkita omborxona joylashgan. Birinchi va ikkinchi qavatlar xona vazifasini o‘tagan.
Qalajiq qal’aga eramizdan oldingi IV asrda asos solingan. Qal’a asosan ximoya inshooti sifatida qurilgan. Qal’a kim tomonidan qurdirilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Afsonalarga ko‘ra qal’a tarixda o‘chmas iz qoldirgan sirli shaxslardan biri Sulaymon Payg‘ambar tomonidan otasi Dovud Payg‘ambar sharafiga qurilgan.
Qal’a yonida ko‘l joylashgan bo‘lib, suvining tarkibi jixatidan o‘lik dengiz suvlari tarkibiga yaqin va foydali xossalarga ega. Ko‘l atrofidagii qum barxanlari xam foydali xususiyatlari bilan mashxur.
«Sulaymon qal’a» qadimiy Xorazmning eng ko‘xna qal’alaridan biridir, tarixiy obida Xazorasp tumanida joylashgan. Xazoraspning tarixi eramizdan oldingi V asrga taalluqlidir, kal’a o‘sha zamonlarda yashagan xukmdorlarning qarorgoxi bo‘lgan. Qal’a devorlari xozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Qal’a xavfsizligini ta’minlash maqsadida obida ko‘l bilan o‘ralgan. Maxalliy axoli bu ko‘lni Oydin ko‘l deb ataydi uning o‘ziga xos jixati shundaka, ko‘l chuchuk chuv bilan to‘yintiriladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra ko‘l ostida er osti yo‘li joylashgan. Qal’aning eng yuqori tepaligidan astronomik kuzatuvlar uchun foydalanilgan.
Бош саҳифага қайтиш