DataLife Engine / Xorazmga sayoxat

Xorazmga sayoxat



Xorazmga sayoxat 

Buyuk ipak yo‘lining markaziy shaxarlaridan biri bo‘lmish Xivani tomosha qilish uchun Xorazmga tashrif buyursangiz albatta “Ichon qal’a”ni kesib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘xna shaxarning sharqona ruxini xis qilish uchun uning bozorlarini, milliy xunarmandchilik saboqlari o‘tkaziladigan maxsus maktablari-yu, chalkash tor ko‘chalarini aylanib ko‘rishingiz mumkin. 
1984-1993 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Arxeologik qazishmalar natijasiga ko‘ra, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki shaxarning paydo bo‘lgandan 2500 yildan ortiq vaqt o‘tgan.
XIX asrga kelib shahar kengaydi, u ikki qismdan, ya’ni Ichan qal’a yani shahriston (ichki shahar) va Deshon qal’a rabot (tashqi shahar) qurildi. Shahar tevaragida esa o‘nlab qishloqlar joylashgan edi.
Xiva shaxarning markaziy qismida joylashgan tarixiy yodgorliklardan tashqari boshqa qiziqarli tomoshabop joylarni taklif qilishi mumkin. “Ichon kala” devorlaridan tashqarida an’anaviy turistik yo‘nalishlarga noma’lum joylar mavjud. 
Shaxar savdo karvonlari uchun katta axamiyatga ega shaxar bo‘lgan. Metropol vazifasini o‘tash bilan bir qatorda Xiva shaxri diniy, madaniy va ilmiy markaz vazifasini o‘tagan. Xozirgi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan ichki qal’a devorlari orasidagi “Ichan qala” eski shaxar majmuasi ko‘p sonli masjid, madrasa, minoralari va to‘rtta darvozasi bilan Yuneskoning butun jaxon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 



   “Ichon qala” shaxarning bosh darvozasi, shimoliy darvozadan boshlanadi, u eramizning XVII-XVIII asrlarida qurilgan bo‘lib xalq orasida Ota Darvoza deb yuritiladi. 



Ota darvoza sizni eramizmizning XIX-asrida qurilgan Muxammad Amin-xon madrasasiga olib chiqadi. Madrasa xozirgi kunda mexmonxona vazifasini o‘taydi. 


Go‘zal tarixiy obida yonida eramizning 1855 yillariga oid qurilishi tugallanmagan moviy minora “Kalta minor” joylashgan. 

So‘ng siz Xon qarorgoxini, eski qo‘rg‘on, masjid, qabullar uyi, xaram, zarbxona, qurol-yarog‘ ombori va xibsxona (zindon)ni o‘z ichiga olgan Ko‘xna arkni tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘xna ark eramizning XII-XXI to‘liq kompleks sifatida shakllangan ammo uning haqiqiy yoshi Xivaning paydo bo‘lish davri bilan tenglashtiriladi. Eski shaxarning butun go‘zalligini tomosha qilish uchun taxt joylashgan zal orqali kuzatuv minorasiga ko‘tarilish lozim.


Ko‘xna ark darvozasi ro‘parasida Muxammad Raximxon madrasasini ko‘rishingiz mumkin, madrasadan Xon Rus bosqinchisi General Kaufmanga taslim bo‘lib Ichon-qal’ani tark etgunga qadar foydalanilgan. Xon mashxur shoir bo‘lgan, u Feruz taxallusi bilan ijod qilgan. Xozirgi kunda madrasa uncha katta bo‘lmagan adabiyot va Xorazm tarixi muzeyi vazifasini o‘taydi. 


Xivaning eng qadimiy yodgorligi Said Aloviddin Maqbarasini (e. XIV-XXI-a.), tomosha qilish uchun G‘arbiy yo‘lni kesib o‘tishga to‘g‘ri keladi, bu qadamjoga ko‘plab musulmonlar tashrif buyuradi. Chunki, Said Aloviddin Muxammad payg‘ambarning qarindoshi bo‘lgan va 13 asrda xududda islom dinini targ‘ib qilgan. 


Musulmonlarning yana bir mashxur ziyoratgoxi maftunkor moviy gumbaz va naqshlar bilan bezatilgan Paxlavon Maxmud maqbarasidir (e. XIV-XX-a.). Paxlavon Maxmud (e. XIV-a.) mashxur kurashchi, shoir, faylasuf va teri ustasi bo‘lgan. Uning maqbarasi yonida bir necha xonlarning va ularni oilalarining xonaqolari joylashgan. 
Batafsil...
So‘ngra siz 1718-20 yillarda Forsiy (eronlik) xarbiy asirlar tomonidan qurilgan Sherg‘ozi Xon maqbarasi bilan yuzma-yuz kelasiz. Madrasa o‘sha davrda O‘rta Osiyoning eng nufuzli oliy o‘quv dargoxlaridan biri bo‘lgan shu sababli bu erda madrasada Osiyoning ko‘plab mamlakatlaridan talabalar o‘qishgan. 



Navbatdagi arxitektura yodgorligi Jome’ (Juma) Masjiddir ushbu bino 200 tadan ortiq o‘ymakor ustunlar va minoraga ega (e. 10-18-a.). ba’zi ustunlar 16-asrga oid bo‘lib Xivadan tashqaridan keltirilgan. 


Masjid yonida Islom Xo‘ja maqbarasi va minorasi joylashgan, xozirgi kunda minora shaxarning eng baland inshooti xisoblanadi (57 m). Shaxarning ko‘rinishini tomosha qilish uchun tor qorong‘u yo‘lakdan o‘tish lozim. Madrasa ichida qadimiy Xorazm xunarmandchiligini namunalarini namoyish qiluvchi o‘ymakorlik san’ati muzeyi joylashgan. Islom Xo‘ja Xonning vaziri va buyuk isloxotchi bo‘lgan. U xonlikka telegrafni kiritgan ilk yangi usul (rus) maktabini xamda zamonaviy kasalxona qurdirgan, ushbu maussasalar xozirga qadar faoliyat yuritadi. 


Madrasa ro‘parasida siz eski Rus maktabini ko‘rishingiz mumkin, mazkur maktab 1910 yilda qurilgan. Xorazm ilk suratkashi X. Devonov tomonov olingan suratlar va asboblar maktab binosida saqlanadi. 


Tosh Xovli yirik qasr bo‘lib ko‘proq saroyni eslatadi, qasr 1832-1841 yillarda Olloquli Xon tomonidan qurilgan bo‘lib Xivaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan xisoblanadi. Saroy devorlari moviy rangli naqshinkor plitalar va yog‘och o‘ymakor ustunlar bilan bezatilgan yuztadan ortiq xonalarga ega. 
Polvon Darvoza (Sharqiy Darvoza, 1838-1842 yy.) yonida siz uncha katta bo‘lmagan masjidga duch kelasiz, Oq masjid 1657 yili Ok Xonim Bika tomonidan qurdirilgan. 


Xivaning tarixiy yodgorlaklarini tomosha qilib bo‘lgandan so‘ng, maxalliy axolining turmush tarzi bilan tanishish maqsadida tor ko‘chalarni aylanib chiqishingiz va maxalliy turmush tarzi bilan tanishishingiz mumkin. Ichon qal’a ichkarisida 2000 ga yaqin odam yashaydi. Tor ko‘chalar bo‘ylab sayoxat sizga tandirda yangi yopilgan non xidini, ta’mani tuyish imkonini beradi.

Nurillaboy majmuasi 


Nurillaboy majmuasi 1893-1904-yillar oralig‘ida Xiva Xoni Muxammad Raxim-Xon II tomonidan o‘g‘li shaxzoda Isfandiyor xon sharafiga qurdirilgan. Otasining o‘limidan so‘ng Isfandiyor xon xorijlik mexmonlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha qasr qurdirgan. Bu qasr Xivadagi xonlar qarorgoxlaridan o‘zining dizayni va arxitekturasi bilan tubdan farq qiladi. 






Qasr qurilishida Sharqona va Evropacha uslub aralashgan. Barcha xonalar bir-biridan tubdan farq qiladi. Rus uslubidagi kamin, katta keng oynalar va sharqona uslubda geometrik naqshlar va gullar bezalgan turfa rang shiftlar. Qasrning balanda eshik va oynalari Nemis duradgorlari tomonidan yasalgan. 
Nemis Mennonitlari qabilasi Xonligi xududida Oqmachit qishlog‘ida yashashgan (Xozirgi kunda Yangiariq tumani).









«Qibla toza bog‘» 1897 yilda Muxammad Raxim-Xon II tomonidan qurilgan. 
Obida 120x50m maydonni egallagan baland devorlar bilan o‘ralgan ansambldir. Majmua tarkibi ikki qavatli qasr, ikkita masjid, madrasa, otxona, tegirmon va boshqa xo‘jalik binolaridan iborat uchta xovlidan tashkil topgan. Asosiy xovli markazida xovuz va manzarali daraxtlar bilan bezatilgan bog‘ joylashgan. Bu qasr xam Nemis-mennonitlar qabilasi duradgorlari tomonidan sayqal berilgan. Xozirgi kunda majmuaning ba’zi xonalari restoranga aylantirilgan. 








Xusayn Matmurodov Madrasasi


Xusayn Muxammedboy madrasasi Ichon-qal’aning sharqiy darvozasi Polvon Darvozada joylashgan. Madrasa 1905 yil boy savdogar Xusayn Matmurodov matmurodov tomonidan qurilgan. U Jadidchilik xarakati namoyondalaridan biri bo‘lgan. Jamiyatdagi o‘rni va boyligiga qaramay u feodalizmga qarshi kurashgan. Shu sababli Junaid Xon tomnidan o‘ldirilgan. 2013 yilda madrasa restovratsiya qilingan va Xorazm milliy taomlari restorani sifatida foydalaniladi. 





Said Moxi Ruyi Jaxon Mavzoley kompleks


Majmua Said Muxammad Xon tomonidan 19 asrda Chodirli Eshon qabri ustiga qurdirilgan. Obida uchta binodan iborat bo‘lib, asosiy maqbarada bir nechta Xiva Xonlari dafn qilingan ulardan biri Muxammad Raxim-Xon II va uning nabirasi Temurg‘ozi to‘ra. Qabr toshlari movi mozaika bilan bezatilgan. 





Turkman qal’a «Ulli xovli»


Ulli Xovli 1640-1694-yillarda axoli turar joylari sifatida qurilgan tarixiy qal’adir. Qal’aga 1600-yillar o‘rtalarida turkmanlar ko‘chmanchi o‘rtoqlashishi natijasida asos solingan. Asosiy qal’adan tashqari Oshoq ovva va Yuqori ovva deb atalgan qal’alar xam bo‘lgan ammo ular xozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. 





Ulli Xovli Xiva xonligi xududida yashagan turkman qabilalarini madaniyati va turmush tarzini namoyish qiluvchi eng qadimiy obidalardan.





Chodra Xovli


Chodra Xovli Xivaning sharqiy tomonida shaxardan 11 km uzoqlikda Yangiariq yo‘li bo‘yida joylashgan. O‘ziga xos shaklga ega bu bino 1871 yili Muxammad Raxim-Xan tomonidan yozgi qarorgox sifatida qurdirilgan.
To‘rt qavatli 30 metrli bino o‘ziga xos dizayni bilan minorani eslatadi. 
O‘zgacha dizayndan tashqari bino nisbatan kichik asosga ega ya’ni 16mx8m. Erto‘lada otxona va ikkita omborxona joylashgan. Birinchi va ikkinchi qavatlar xona vazifasini o‘tagan. 








Qalajiq qal’aga eramizdan oldingi IV asrda asos solingan. Qal’a asosan ximoya inshooti sifatida qurilgan. Qal’a kim tomonidan qurdirilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Afsonalarga ko‘ra qal’a tarixda o‘chmas iz qoldirgan sirli shaxslardan biri Sulaymon Payg‘ambar tomonidan otasi Dovud Payg‘ambar sharafiga qurilgan. 
Qal’a yonida ko‘l joylashgan bo‘lib, suvining tarkibi jixatidan o‘lik dengiz suvlari tarkibiga yaqin va foydali xossalarga ega. Ko‘l atrofidagii qum barxanlari xam foydali xususiyatlari bilan mashxur. 







«Sulaymon qal’a» qadimiy Xorazmning eng ko‘xna qal’alaridan biridir, tarixiy obida Xazorasp tumanida joylashgan. Xazoraspning tarixi eramizdan oldingi V asrga taalluqlidir, kal’a o‘sha zamonlarda yashagan xukmdorlarning qarorgoxi bo‘lgan. Qal’a devorlari xozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Qal’a xavfsizligini ta’minlash maqsadida obida ko‘l bilan o‘ralgan. Maxalliy axoli bu ko‘lni Oydin ko‘l deb ataydi uning o‘ziga xos jixati shundaka, ko‘l chuchuk chuv bilan to‘yintiriladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra ko‘l ostida er osti yo‘li joylashgan. Qal’aning eng yuqori tepaligidan astronomik kuzatuvlar uchun foydalanilgan.


8-12-2018, 13:19
Вернуться назад