“21-oktabr ‒ O‘zbek tili bayrami kuni” viloyatimizda keng nishonlandi
Ulkan boyligimiz va bebaho mulkimiz bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan ushbu sana munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, tilshunoslar, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari S.Salayev soʻzga chiqib, ona tilimizning shakllanishi, rivojlanishi, so‘z boyligi, beqiyos imkoniyatlari, shuningdek, Davlat rahbari hamda Hukumat tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarning ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.
Ona tilimizning nufuzini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish borasidagi xizmatlari uchun bir guruh ziyolilar Xorazm viloyati hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram dasturidan joy olgan kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Бош саҳифага қайтиш