DataLife Engine / “21-oktabr ‒ O‘zbek tili bayrami kuni” viloyatimizda keng nishonlandi

“21-oktabr ‒ O‘zbek tili bayrami kuni” viloyatimizda keng nishonlandi


Ulkan boyligimiz va bebaho mulkimiz bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan ushbu sana munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, tilshunoslar, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari S.Salayev soʻzga chiqib, ona tilimizning shakllanishi, rivojlanishi, so‘z boyligi, beqiyos imkoniyatlari, shuningdek, Davlat rahbari hamda Hukumat tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarning ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi. 

Ona tilimizning nufuzini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish borasidagi  xizmatlari uchun bir guruh ziyolilar  Xorazm viloyati hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram dasturidan joy olgan kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari barchaga yuqori kayfiyat  bag‘ishladi.


21-10-2024, 19:16
Вернуться назад