MATBUOT ANJUMANI
Viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazida Xorazm viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faoliyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼul xodimlari, tuman, shahar bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yegallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylaridagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb yetish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, fikr-mulohazalar tinglanib, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Бош саҳифага қайтиш

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?
« Июль 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | |
7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 |
21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 |
28 | 29 | 30 | 31 |
