DataLife Engine / MATBUOT ANJUMANI

MATBUOT ANJUMANI


Viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazida Xorazm viloyati hokimligi hamda  Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faoliyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼul xodimlari, tuman, shahar bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.          

  

 

 Tadbirda bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yegallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylaridagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb yetish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, fikr-mulohazalar tinglanib, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


3-03-2023, 11:36
Вернуться назад