Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi J.R.Raximovning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022 yakunlari bo'yicha HISOBOTI

  • Qog'ozga chop etish

      O‘tgan 2022 yil viloyatimiz hayotida shonli sanalar, muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, erishilgan ulkan yutuqlar bilan tarix sahifalaridan joy oldi. Yilning muhim voqealaridan biri Urganch shahrida hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilishi bo‘ldi. Ushbu loyihaning yana bir ahamiyatli jihati shaharda transport vositalari tirbandligining oldini olish maqsadida maydon ostidan soatiga 3,5 ming avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega yer osti yo‘li barpo etildi. 

       O‘tgan yilda muhtaram Prezidentimiz viloyatimizda yana bir yirik loyixa  -   Urganch shahridagi Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. Urganch xalqaro aeroporti yaqinida 130 gektar maydonda barpo etiladigan ushbu shaharchada dunyo tan olgan  buyuk alloma, algoritm asoschisi Al-Xorazmiyning 30,5 metrlik haykali o‘rnatiladi. Asosiysi bu yerda  Al-Xorazmiy nomli  yangi universitet, axborot texnologiyalari markazi, maktab va bog‘chalar, tibbiyot muassasalari, innovatsiya va madaniyat markazlari,   5 ming xonadonga mo‘ljallangan ko‘p  qavatli turar-joylar  barpo etiladi. Shu hududda yashovchi aholining bandligini taʼminlash maqsadida texnopark, to‘qimachilik va tikuvchilik fabrikalari ishga tushiriladi. 

       Davlatimiz rahbari  viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish transport-kommunikatsiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqligini taʼkidlab,   temir yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va yangi liniyalar qurish   bo‘yicha bir nechta loyihalarni amalga oshirish yuzasidan  topshiriqlar bergan edi.

       Ana shunday loyihalardan biri - Buxoro- Miskin- Urganch temir yo‘lini elektrlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.  Ushbu loyiha  juda katta sayyohlik salohiyatiga ega  viloyatimizga 2024 yilda zamonaviy,  tezyurar “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. 

       Shu bilan bir qatorda  Shovot tumanini Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani bilan bog‘lovchi uzunligi 79 km bo‘lgan Shovot-Gurlan- Jumurtov-Qipchoq temir yo‘li qurilishi ham davom etmoqda. 2022 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida barcha manbalar hisobidan 347,3 mlrd. so‘mlik qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi. 

       Investitsiya dasturi doirasida 137 ta obʼektda yaʼni, 22 ta maktab, 11 ta maktabgacha taʼlim, 10 ta tibbiyot muassasalari, 3 ta jismoniy tarbiya va sport, 19 ta ichimlik va oqova suv obʼektlari, 23 ta irrigatsiya va melioratsiya, 18 ta avtomobil va ichki yo‘llar hamda 31 ta boshqa obʼektlarni yangidan qurish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 

       Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga  asosan jami 88 ta obʼektda 46,3 mlrd.so‘mlik qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi. “Qishloq qurilish invest” va “Shahar qurilish invest” tashkilotlari tomonidan 175 xonadonga, yangi tartib bo‘yicha 1362   xonadonga, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 216 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar qurib foydalanishga topshirildi.

       2023 yilda ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari davom ettiriladi. Mazkur dasturlar asosida bajariladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun barcha manbalar hisobidan 208 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

       2023 yil Investitsiya dasturiga asosan jami 62 ta obʼektda 428,4 mlrd.so‘mlik rekonstruksiya, qurilish va taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash choralarini ko‘ramiz. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 500 ta xonadonga mo‘ljallangan  23 ta ko‘p qavatli uylar qurib foydalanishga topshiriladi.

      Viloyatda   2022 yilning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yalpi hududiy mahsulot hajmi 32,6 trillion so‘mga yetib, bu boradagi reja 104,8 foizga bajariladi. 

      2022 yilda viloyatda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 189 taga yetib, amalga oshirilgan loyihalar doirasida 187,5 mln dollarga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Gurlan va Yangibozor tumanlaridagi  tekstil majmualari, Bog‘ot va Shovot tumanlaridagi pillani qayta ishlash korxonalari, “UzAuto Motors” AJning Xorazm  filialida presslash majmuasi, Urganchdagi gipsokarton va burama mixlar ishlab chiqarish loyihalari kabi  eksportbob va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qator   korxonalar ishga tushirildi. 

      Viloyatda 2022 yil yakunlari bilan eksport hajmi 275,1 mln. dollarni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 117,4 foiz o‘sishga erishildi. Eksport faoliyatiga 70 tadan ortiq yangi korxonalar jalb etilib, eksport geografiyasi 30 dan ortiq davlatlarni tashkil qildi.   

       Joriy yilda Urganch shahrida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar va gazobeton, Urganch tumanida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish kabi  bir nechta yirik loyihalar ishga tushiriladi, viloyatda yangidan 36 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi. 

      Viloyatda elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida Yangiariq tumanida Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda quvvati 174 megavattlik gaz-porshenli elektrostansiya qurib ishga tushirildi. Yaqinda Fransiyaning “Voltalia” kompaniyasi viloyatimizda 100 megavatt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasi qurish bo‘yicha tender g‘olibi bo‘ldi va loyihani amalga oshirishga kirishildi.

       Anʼanaviy usulda dehqonchilik qilib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimi bugungi tezkor zamonda unchalik o‘zini oqlamayapti. Bugun davr sohada innovatsiyalardan keng  foydalanish, ilm-fan yutuqlariga, zamonaviy texnologiyalarga tayanib ish yurtishni toqozo etmoqda.                                     Shundan kelib chiqib viloyatda agrar tarmoqni rivojlantirishning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlayapmiz. Jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi izlanishlarimiz  davom etmoqda. Shu maqsadda Urganch shahrida yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari va plastik trubalar ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu yil viloyatda 43 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi.

      Yana bir muhim masala, 2023 yilda viloyatda  5945 gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga beriladi va 35 ming 737 nafar ishsiz aholi bandligi taʼminlanadi. Bunda avvalo, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”. “Yoshlar daftari”da  ro‘yxatda turgan fuqarolarning dehqonchilik bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratiladi.

      Viloyatda mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, charm-poyabzal sanoati bilan bir qatorda turizm sohasi iqtisodiyot drayveri sifatida tanlab olingan. Dunyo hamjamiyati tomonidan Xivaning ochiq osmon ostidagi muzey shahar sifatida eʼtirof etilishi va YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi  jahon turizm bozoriga dadil kirib borishimiz uchun mustahkam zamin yaratadi. O‘tgan yil viloyatda turizm yo‘nalishida  325 o‘rinli 5 ta yangi mehmonxona, 223  o‘ringa mo‘ljallangan 10 ta xostel, 136  o‘ringa mo‘ljallangan 16 ta mehmon uylari,  4 ta yo‘l bo‘yi turizm infratuzilma obʼektlari foydalanishga topshirildi. Ziyorat turizmi obʼektlari soni 7 taga yetkazildi.  Mahalliy va xorijiy sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Urganch shahridagi Pahlavon Maxmud ko‘chasida gastronomik ko‘cha,   Yangiariq tumanida  kulolchilik markazi, Xiva shahrida 4,5 km uzunlikdagi Alleya barpo etildi.

O‘tgan yilda viloyatimizda yangidan 80 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari ish boshladi, 3-7 yoshdagi bolalarning qamrov ko‘rsatkichi   78,4 foizga yetdi.

      Viloyatimizda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida 10 ta ixtisoslashgan maktab va maktab-internati tashkil  qilinishi yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Viloyatda oliy taʼlim muassasalari soni 8 taga yetdi. O‘tgan o‘quv yilida  umumtaʼlim maktablarini tamomlagan o‘quvchilarning  40,5 foizi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.  

       Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy yo‘nalishdagi 300 o‘rinli yangi taʼlim muassasisi qurilishi yakuniga yetyapti va 2023-2024 o‘quv yilidan o‘quvchilarni qabul qiladi. Shuningdek, bu yil viloyatda  Investitsiya dasturi, davlat-xususiy sherikchilik va oilaviy asosda 37 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, 25 ta umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ko‘zda tutilgan.  3 ta oliy o‘quv yurtlarida jami 1200 o‘rinli  3 ta talabalar yotoqxonasi ham qurib foydalanishgga topshiriladi. 

       O‘tgan yilda viloyatimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar izchillik bilan davom ettirilib   onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi  filiali rekonstruksiya qilindi va  qayta jihozlandi, Urganch va Bog‘ot tumanlarida zamonaviy gemodializ markazlari ishga tushirildi. 70 ta mahallada  yangi turdagi  tibbiyot punktlarining ochilishi  aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat sifatini yaxshilash imkonini berdi. 2023 yilda  tibbiyot muassalari qurilishi va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash ishlari davom ettiriladi.




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Fotogalereya