Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Radjapov Bunyod Madirimovich

    • Qog'ozga chop etish

    Urganch shahar hokimi
    2023 yil 11 noyabrdan: 
    Urganch shahar hokimi  
     Tug‘ilgan yili:
    26.07.1982
    Tug‘ilgan joyi:
    Xorazm viloyati, Urganch shahri  
    Millati:                                                       
    o‘zbek
    Partiyaviyligi:
    Yo‘q
    Ma’lumoti:
    oliy
    Tamomlagan:
    2003 y. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriligi akademiyasi.
    2013 y. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriligi akademiyasi oliy akademik kursi

    Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:
    huquqshunos
    Ilmiy darajasi:
    yo‘q
    Ilmiy unvoni:
    yo‘q
    Harbiy (maxsus) unvoni:
    polkovnik
    Qaysi chet tillarni biladi:
    rus tili
    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
    yo‘q
    Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

    MEHNAT FAOLIYaTI
    2003-2006 yy. - Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi
      kurashish bo‘linmasi tezkor vakili 
    2006-2007 yy. - Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmasi militsiya otryadi
      otryad komandiri 
    2007-2013 yy. - Urganch shahar ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi 
    kurashish bo‘limi tezkor vakili, bosqinchilik va o‘zgalar mulkini o‘g‘irlashning boshqa turlariga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i
    2013-2015 yy. - Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-jinoyat  qidiruv va 
      uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i 
    2015-2016 yy. - Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari-Pitnak shahar  militsiya
      bo‘limi boshlig‘i 
    2016-2017 yy. - Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 
    2017-2019 yy. - Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
    2019-2020 yy. - Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
    2020-2021 yy. - Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha 
     o‘rinbosari
    2021-2022 yy. - Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi 
      xizmati boshlig‘i
    2022-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti 
      probatsiya xizmati boshlig‘i 
    2023 y. -h.v.     - Urganch shahar hokimi 
    1. Quyidagilar hokimning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
    O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senata, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashi qarorlarnning ijrosini tashkil etish;
    aholini qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishipi ta’minlash, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” faoliyat ko‘rsatishiga xar tomonlama ko‘maklashish hamda ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etish; 
    hududiy boshqaruv organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan qonun va boshqa normativ-xuquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
    Urganch shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash, hokimlik ishini istiqbolli va joriy rejalarga muvofiq ravishda tashkil etish;
    mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, vakillik va ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiklashtirish, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro xamkorligini ta’minlash;
    Hokim o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
    o‘z vakolati doirasida Urganch shahri hududidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
    ijro etuvchi hokimiyat organlarida kadrlar siyosatini amalga oshirish;
    hokimlik lavozimlar nomenklaturasida belgilangan tartibga asosan rahbarlarni lavozimga tayinlash va ozod etish;
    zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasini chaqirish, sessiyani olib borish, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qilish, uning hujjatlarini tasdiqlash;
    har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga shaharni ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishining eng muxim va dolzarb masalalari yuzasidan xisobot takdim etish;
    xalq deputatlari shahar Kengashiga uning so‘rovlariga asosan xisobot berish;
    xalq deputatlari shahar Kengashi va uning doimiy komissiyalari faoliyatlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish;
    xalq deputatlari shahar Kengashi va uning doimiy komissiyalari qarorlari ijrosini bevosita nazorat qilish va mazkur qarorlar ijrosi bilan bog‘liq masalalarni har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish;
    Respublika davlat organlari bilan munosabatlarda shahar hokimligi manfaatlarini ifodalash, shuningdek respublika davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
    xuquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tartibini saqlash, fuqaro muxofazasi, favkulodda vaziyatlardan ogohlantirish va ular oqibatini tugatish, iktisodiyot sohasi mas’ullarini safarbarlikka tayyorlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
    davlat mukofotlari bilan takdirlashga doir takdimnomalarni ko‘rib chiqish va takliflar kiritish;
    Urganch shahar hokimligi boshqaruv apparatida, hududiy boshqaruv organlarida ijro intizomi mustahkamlanishini ta’minlash;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida va halqaro munosabatlarda Urganch shahridan vakillik qilish;
    yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘rish;
    Respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
    hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan xamjixatlik qilish, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloka, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etish.

    2. Quyidagilarga rahbarlik qiladi:
    Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga;
    Shahar hokimligi ijro organlarida qadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlariga;

    3. Quyidagilarning ish faoliyatini yo‘naltiradi (nazorat kiladi):
    Hokim o‘rinbosarlari;
    tashkiliy-nazorat guruhi;
    safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassisi;
    hokimlik yuridik xizmati;
    shahar hokimligi huzuridagi xo‘jalik hisobidagi “Xizmat ko‘rsatish bo‘limi”;

    4. Hokim quyidagi komissiya va Kengashlarga raislik qiladi:
    hokimlik huzuridagi korxona, muassasa, tashkilot va fukarolarga qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa extiyojlar uchun er uchastkalari tanlash (ajratish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha shahar komissiyasi;
    erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar ma’muriy kengashi;
    energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi;
    iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soxa ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashni muvofiklashtirish shahar komissiyasi (xar yili tasdiklanadigan kuz-kish mavsumi qaroriga asosan);
    bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish buyicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasi;
    2017-2019 yillar davomida dexkon bozorlarini rekonstruktsiya kilish va ularning xududida zamonaviy savdo majmualari kurish dasturini amalga oshirish buyicha shahar hokimligi huzuridagi hududiy ishchi komissiyasi;
    “Obod mahalla” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi;
    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar Kengashi;
    ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;
    viloyat axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiklashtirish buyicha Idoralararo xududiy Kengashi;
    favkulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi;
    bolalar sportini rivojlantirish vasiylik va xomiylik Kengashi;
    OITS kasalligini oldini olish bo‘yicha komissiyasi;
    madaniy va arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi;
    sil kasalligiga qarshi kurashish dasturini amalga oshirish bo‘yicha shahar komissiyasi;
    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish shahar komissiyasi;
    voyaga etmaganlar ishlari buyicha Idoralararo xududiy komissiyasi;
    narkotik moddalarni nazorat kilish mintakaviy komissiyasi;
    geografik ob’ektlarni nomlash va kayta nomlash masalalari buyicha viloyat xududiy komissiyasi;
    kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish buyicha viloyat muvofiklashtiruvchi kengash;
    konun xujjatlariga muvofik tashkil etiladigan boiщa xududiy komissiyalar va kengashlar.

    5. Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi shahar tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etish, fuqarolar xavfsizligini, ularning xuquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi:
    Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganchtumanlararo sudi, shahar iqtisodiy sudi, shahar ma’muriy sudi;
    shahar prokuraturasi;
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining shahar bo‘limi;
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi;
    shahar IIO FMB (Yong‘inga qarshi kurash, yo‘l harakati xafvsizigi bo‘limi);
    shahar adliya bo‘limi;
    shahar favkulodda vaziyatlar bo‘limi;
    shahar mudofaa ishlari bo‘limi;

    Telefon: +99862 228-67-67
    Faks: +99862 228-67-67
    Manzil: Urganch shahar. A.Baxodirxon ko‘chasi 186-uy, 220100
    Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
    Haftaning dushanba-juma kunlari soat 08:00 dan  11:00 gacha Urganch shahar hokimligi binosining 308-xonasida (3 qavat)



    Бош саҳифага қайтиш
    Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fotogalereya