Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad

  • Qog'ozga chop etish

Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad

Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori,  mohir sarkarda.  Anushteginiy Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li.  Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan.  Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan.  Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan.  Jaloliddin voyaga yetgach,  otasi uni G‘azna,  Bomiyon,  G‘ur,  Bust,  Takinobod,  Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi yetib tayinlangan (1215).  Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan.  Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib,  o‘zining jasur jangchi,  iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang).  
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab,  Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashurada orolidan panoh topgan.  Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab,  so‘nggi damda Jaloliddinni o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan.  Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi.  Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumor teginni sulton deb e’lon qilib,  Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar.  Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o‘z vatani – Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi.  Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi.  Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng ularni tor-mor keltirib,  Nishopurga keldi.  Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga qarshi birlashishga da'vatetdi,  bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi.  Yo‘lda unga Hirot voliysi,  qaynotasi Aminal mulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi.  Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tor-mor keltirgan.  U G‘aznaga 1221-yil keldi.  Buyerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq,  Balx voliysi A’zammalik,  afg‘onlar sardori Muzaffarmalik,  qarluqlar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar.  Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi.  Jaloliddin Manguberdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi.  Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal'asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib,  3 kunlik jangdan so‘ng ular tor-mor keltirgan,  1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari o‘ldirilgan,  omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib,  ko‘priki buzib tashlashgan.  Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasiyedi. 
1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag‘lubiyatga uchradi.  Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marog‘a,  Tabrizni egallab (1231) Jaloliddin Manguberdi ta'qib etishgan.  Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo‘g‘ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltirdilar,  Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa taqibdan qutulib Qurdiston tog‘lariga chiqib ketgan.  Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib,  fojiali ravishda halok bo‘lgan.  
O‘zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati,  vatanga va o‘zxalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi (1998).  Qarorga ko‘ra,  uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi,  yirik ko‘cha,  maydon,  jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo‘yildi.  Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh bo‘lgan tarixchi Nasaviy Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlab “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining holati”) nomli asar,  Maqsud Chayhzodayesa “Jaloliddin” (1943-yil) dramasini yozgan.  Jaloliddin Manguberdi haqida video film,  doston,  p’esa va boshqalar yaratilgan.  2000-yilning 30-avgustida “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.



Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Fotogalereya