Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish
Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 7093,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va2015 yilning yanvar-dekabrga nisbatan o‘sish sur’ati 6,4 foizga teng bo‘ldi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida YaHM deflyator indeksi 106,4 foizni tashkil qildi.
Yanvar-dekabr oylarida viloyat yalpi hududiy mahsulotining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
2016-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (630kb, PDF)
mlrd.so‘m | 2015 yil | ||
2015 yil | 2016 yil | ||
I. Yalpi hududiy mahsulot, jami | 6 136,4 | 7 093,8 | 106,4 |
shu jumladan: |
|
|
|
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati | 5 868,4 | 6 836,6 | 106,5 |
Mahsulotlarga sof soliqlar | 268,0 | 257,2 | 102,0 |
II. Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati | 5 868,4 | 6 836,6 | 106,5 |
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi | 1 726,4 | 2 025,8 | 108,6 |
Sanoat (qurilishni qo‘shgan holda) | 1459,4 | 1604,8 | 98,0 |
sanoat | 931,7 | 1 019,5 | 92,0 |
qurilish | 527,7 | 585,3 | 108,6 |
Xizmatlar | 2 682,6 | 3 206,0 | 109,9 |
savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar | 458,9 | 544,3 | 109,6 |
tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari | 594,8 | 716,9 | 108,6 |
boshqa xizmatlari | 1 628,9 | 1 944,8 | 110,4 |
Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’atiga asosiy ta’siri savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (109,6,%), qurilish (108,6%) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (108,6%) tarmoqlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM ishlab chiqarish umumiy hajmining 74,2 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) hissasiga to‘g‘ri keldi va bu ko‘rsatkich 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan
4,6 foizli bandga oshdi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulot hajmida xizmatlar ulushi
46,9 foiz (2015 yil yanvar-dekabrda 45,7 foiz)ni tashkil qildi.
Бош саҳифага қайтиш