Investitsiyalar va qurilish
2015-yil 3-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (804 kb)
2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga 1027892,4 mln. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritildi va 2014 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 99,0 foizni tashkil qildi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi quyida keltirilgan:
Jamiga nisbatan foiz xisobida | ||||||
| Jami investitsiyalar, mln. so‘m | Shu jumladan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha | ||||
respublika | korxonalar va aholi mablag‘lari | chet el investitsiyalari va kreditlari | bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari | byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari | ||
|
|
|
|
|
|
|
Jami | 1027892,4 | 6,7 | 50,6 | 10,4 | 19,7 | 12,6 |
shu shumladan mulkchilik shakllari bo‘yicha: |
|
|
|
|
| |
Davlat | 254797,8 | 27,2 | 7,8 | 7,0 | 7,3 | 50,7 |
Nodavlat | 773094,6 | - | 64,8 | 11,5 | 23,7 | - |
chet el investitsiyalari va kreditlarining umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida
Iqtisodiyot tarmoqlarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibi quyidagi ko‘rinishda:
| 2015y. | 2014 yil yanvar-sentyabr oylarida umumiy hajmga nisbatan foizda | |
mln. so‘m | umumiy hajmga nisbatan foizda | ||
|
|
| |
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar – jami | 1027892,4 | 100 | 100 |
Ishlab chiqarish tarmoqlari | 503813,4 | 49,0 | 45,7 |
Sanoat | 230282,8 | 22,4 | 20,4 |
shu jumladan: |
|
|
|
yoqilg‘i-energetika | 21,3 | - | 1,6 |
gaz sanoati | 16205,5 | 1,6 | 0,5 |
mashinasozlik | 24961,6 | 2,4 | 13,5 |
qurilish materiallari sanoati | 5524,7 | 0,5 | 1,0 |
shisha sanoati | - | - | 0,1 |
engil sanoat | 116386,5 | 11,3 | 1,7 |
oziq-ovqat sanoati | 38160,1 | 3,7 | 1,1 |
mikrobiologiya sanoati | - | - | 0,01 |
un yanchish-krupa va umum ozuka sanoati | - | - | 0,01 |
qishloq xo‘jaligi | 17098,3 | 1,7 | 3,1 |
Qurilish | 54319,2 | 5,3 | 4,8 |
transport va aloqa | 102261,1 | 9,9 | 11,1 |
savdo va umumiy ovqatlanish | 97320,5 | 9,5 | 6,0 |
boshqa ishlab chiqarish | 2531,5 | 0,2 | 1,2 |
Noishlab chiqarish tarmoqlari | 524079,0 | 51,0 | 54,3 |
uy-joy qurilish | 354334,9 | 34,5 | 33,1 |
kommunal xo‘jalik | 37957,3 | 3,7 | 2,8 |
sog‘liqni saqlash | 33004,7 | 3,2 | 5,2 |
ta’lim | 31158,7 | 3,0 | 4,0 |
boshqa noishlab chiqarish | 67623,4 | 6,6 | 9,2 |
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 503813,4 mln. so‘mi yoki 49,0 foizi ishlab chiqarish tarmoqlariga yo‘naltirildi, noishlab chiqarish tarmoqlariga 524079,0 mln.so‘m yoki 51,0 foizi yunaltirildi.
Ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish
Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 354,3 mlrd. so‘m yoki 67,6 foizi uy-joy qurilishida o‘zlashtirilgan. 2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida umumiy maydoni 833,1 ming kv. m bo‘lgan 4252 ta uy-joy (2014 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 132,7 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 696,4 ming kv.m. (123,1 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi.
Umumta’lim maktablari qoshidagi sport inshoatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari qurilishida 7,6 mlrd. so‘m investitsiyalar bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirildi, bu esa noishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 1,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 6,0 foizini tashkil kildi.
Kommunal qurilish sohasida 128,2 km uzunlikdagi ichimlik suvi, 30,1 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2014 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan mos ravishda 63,4 foiz va 106,7 foizni tashkil qildi. Ishga tushirilgan umumiy ichimlik suvi tarmoklari 74,0 foizi va gaz tarmoqlarining 74,3 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.
Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga 17915,6 mln. so‘m, shundan 1520,0 mln. so‘m aholi mablag‘lari hisobiga, gaz tarmoqlari qurilishiga 827,1 mln. so‘m, shundan barchasi aholi mablag‘lari hisobiga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Kurilish faoliyati. 2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida 830328,2 mln. so‘mlik kurilish ishlari bajarilib, 2014 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,9 foizni tashkil etdi.
Qurilish ishlari umumiy hajmining 81,8 foizi yangi qurilish, korxonalarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 18,2 foizi kapital, joriy ta’mirlash ishlariga to‘g‘ri keladi.
Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 779376,7 mln. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, qurilish ishlarining umumiy hajmida 93,9 foizni (2014 yilning yanvar-sentyabrga nisbatan 110,1 foiz) tashkil qildi.
Mulkchilik shakllari bo‘yicha qurilish tashkilotlarining o‘z kuchlari bilan bajargan qurilish ishlari taqsimoti quyidagicha ifodalanadi:
umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida
Бош саҳифага қайтиш