Demografiya va mehnat bozori
Demografiya va mehnat bozori
2015-yil 2-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (875 kb)
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning 1 iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1726,6 ming kishini tashkil qilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 31,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi.
Aholining tabiiy harakati 2015 yilning yanvar-iyun oylarida quyidagicha ifodalanadi:
2015 yil yanvar-iyun oylari maboynida tug‘ilganlar soni 14655 kishini tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, tug‘ilish koeffitsienti 17,7 promilledan 17,2 promillega kamaydi.
Tug‘ilish darajasining kamayishi Urganch tumanida (19,4 dan 17,1 promillega), Xonka tumanida (19,0 dan 18,0 promillega), Xiva tumanida (14,9 dan 13,8 pro-millega), Yangibozor tumanida (18,8 dan 17,3 promillega) kamayish kuzatildi.
2014 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 221 kishiga yoki 0,9 foizga kamaydi. O‘lganlar sonining kamayishi Bog‘ot tumanida (4,3dan 3,8 promillega), Xazorasp tumanida (4,3 dan 4,1 promillega), Xiva tumanida (4,4 dan 3,6 promillega), Shovot tumanida (4,1 dan 3,3 promillega) kamayish kuzatildi.
2015 yilning yanvar-iyun oylari maboynida 8581 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 477 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 10,1 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2014 yil yanvar-iyun oylarida mos ravishda 10,6 va 0,6).
(*) Dastlabki ma’lumotlar
(**) 1000 tug‘ilganlarga nisbatan
Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,
2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 101,5 foizga ko‘payib 964,0 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,0 foizini tashkil qildi.
Iqtisodiy faol aholi soni 706,1 ming kishini tashkil etdi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,1 foizga ko‘paydi, shu jumladan 698 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 98,8 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2015 yil yanvar-iyun oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 8,1 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,3 ming kishiga kamdir.
Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:
(kishi)
Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning 2015 yil 1 iyul xolatiga 331 kishi yoki 4,1 foizi ishsiz deb e’tirof etilgan.

Kishi | Har 1000 kishiga | ||||
2014y. | 2015y.(*) | o‘sish, | 2014y. | 2015y.(*) | |
Tug‘ilganlar | 14844 | 14655 | -189 | 17,7 | 17,2 |
O‘lganlar | 3716 | 3495 | -221 | 4,4 | 4,1 |
Bir yoshgacha ulganlar | 238 | 210 | -28 | 13,4** | 11,1** |
Tabiiy o‘sish | 11128 | 11160 | 32 | 13,3 | 13,1 |
Nikohlar | 8916 | 8581 | -335 | 10,6 | 10,1 |
Ajralishlar | 497 | 477 | -20 | 0,6 | 0,6 |
2015 yil yanvar-iyun oylari maboynida tug‘ilganlar soni 14655 kishini tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, tug‘ilish koeffitsienti 17,7 promilledan 17,2 promillega kamaydi.
Tug‘ilish darajasining kamayishi Urganch tumanida (19,4 dan 17,1 promillega), Xonka tumanida (19,0 dan 18,0 promillega), Xiva tumanida (14,9 dan 13,8 pro-millega), Yangibozor tumanida (18,8 dan 17,3 promillega) kamayish kuzatildi.
2014 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 221 kishiga yoki 0,9 foizga kamaydi. O‘lganlar sonining kamayishi Bog‘ot tumanida (4,3dan 3,8 promillega), Xazorasp tumanida (4,3 dan 4,1 promillega), Xiva tumanida (4,4 dan 3,6 promillega), Shovot tumanida (4,1 dan 3,3 promillega) kamayish kuzatildi.
2015 yilning yanvar-iyun oylari maboynida 8581 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 477 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 10,1 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2014 yil yanvar-iyun oylarida mos ravishda 10,6 va 0,6).
(*) Dastlabki ma’lumotlar
(**) 1000 tug‘ilganlarga nisbatan
Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,
2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 101,5 foizga ko‘payib 964,0 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,0 foizini tashkil qildi.
Iqtisodiy faol aholi soni 706,1 ming kishini tashkil etdi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,1 foizga ko‘paydi, shu jumladan 698 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 98,8 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2015 yil yanvar-iyun oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 8,1 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,3 ming kishiga kamdir.
Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:
(kishi)
Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning 2015 yil 1 iyul xolatiga 331 kishi yoki 4,1 foizi ishsiz deb e’tirof etilgan.
Бош саҳифага қайтиш