Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Xorazm viloyati hokimligida "2025-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida” gi Qonun loyihasini viloyat, shahar va tumanlarning hokimliklari bilan muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

  • Qog'ozga chop etish

2025-yil Davlat byudjeti muhokamasi bo'lib o'tdi 


Xorazm viloyati hokimligida "2025-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida” gi Qonun loyihasini viloyat, shahar va tumanlarning hokimliklari bilan muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Sa’dullaev, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri, barcha shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i, Soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda shahar va tuman bo‘limlari Iqtisodiyot va moliya bo‘limlari, Soliq inspeksiyasi va tegishli tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.


2025-yil mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish uchun ular ixtiyorida qoladigan soliq tushumlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari A.Xaydarov. - Bu yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq hamda qisman jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobiga amalga oshiriladi.
Shuningdek, tadbirda 2024 yilda transfert oluvchi tumanlar soni (xarajatlari daromadlaridan ko‘p) 188 tani tashkil etgani, 2025 yilda bu ko‘rsatkich mahalliy byudjetda qoladigan soliqlar miqdorini oshirish orqali 110 tagacha kamayishi kutilmoqda (-78 ta). 2027 yilga kelib barcha tumanlarni o‘z-o‘zini qoplashga o‘tkazilishi kutilmoqda. 


Bundan tashqari, 2025 yilgi davlat byudjeti bo‘yicha qonun loyihasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar kengashlari turar joy va noturar joylar bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsient qo‘llashga haqli ekani belgilani ta’kidlandi.  


Shuningdek, Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsientlarni joriy etishga haqli ekani qayd etildi.




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Fotogalereya