Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximovning 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrigi

  • Qog'ozga chop etish

Qadrli yurtdoshlar! 

Sizlarni, Sizlar orqali ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi.

Bugungi kunda viloyatimizda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeyini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatimizdagi  11 ta tuman, 2 shahar, 50 ta shaharcha, 599 ta qishloq, 585 ta aholi punktlari, 531 ta mahalla, 13445 ta ko‘cha, 3 ta daha, 13 ta istirohat bog‘lari, 2 ta maydon, 562 ta qabristonlar nomlariga Respublika ekspert xulosalari olinib, ularning barchasi davlat reyestriga kiritildi, mingdan ziyod tashqi yozuvlar davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirildi. Barcha idoralar, tashkilotlar, boshqarmalarda davlat tilida ish yuritish, hujjatlar aylanmalari, muhrlar, shtamplar, rasmiy blankalar va boshqa rasmiy hujjatlarning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatildi. Ayni paytda o‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, ularni lotin va kirill yozuviga o‘girish va so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektron dasturlar ham amaliyotda faol qo‘llanmoqda.

Aziz do‘stlar!  

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haqi to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Barchamizga ayonki, badiiy tarjima til taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega. Yaqinda mamlakatimizda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgani ham, ishonamizki, o‘zbek tili va adabiyotini yanada boyitish va dunyoga keng targ‘ib etishda muhim omil bo‘ladi.

 Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek, til – millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir. Shu ma’noda, ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Men mana shunday qarash va tushuncha har birimizning hayotiy e’tiqodimizga aylanadi, bu borada muhtaram ziyolilarimiz, faol yoshlarimiz, keng jamoatchiligimiz barchaga o‘rnak va namuna bo‘ladilar, deb ishonaman.

Fursatdan foydalanib, o‘zbek tilining haqiqiy fidoyisi   bo‘lgan barcha zahmatkash va jonkuyar insonlarga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, ishlaringizda yangi yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman!




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fotogalereya