Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

  • Qog'ozga chop etish


“Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024-yildan:

— nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi va ular toʻgʻrisida Brayl alifbosidagi maʼlumotlar joylashtiriladi;

— temir yoʻl va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus koʻtarilish panduslari va qulay zina tutqichlari oʻrnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qoʻyiladi;

2027-yil 1-yanvarga qadar:

➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi boʻlgan 1000 nafar shaxsga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming soʻmdan oshmagan qismi;

➖ eshitish qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

— yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million soʻm;
— yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million soʻm.

Qaror bilan Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

— 2024-yil 1-martdan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

— respublikaning har bir hududida nogironligi boʻlgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish;

— avia, temir yoʻl hamda avtobus biletlarini xarid qilish boʻyicha onlayn platformalarda eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish.




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fotogalereya