Xorazm viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT
O‘tgan besh yilda Xorazm viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 52,1 foizdan 85,5 foizga yetkazildi. Joriy yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 90 foizga yetkazilishi kutilmoqda.
Xalqimizga ichimlik suvi yetkazib berish va oqova suv xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi №383-son, 2020-yil 14-apreldagi №221-son qarorlariga asosan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 150 mln AQSh dollari qiymatida imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish evaziga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi quvvati 200 ming m3 li asosiy Pitnak ichimlik suvi tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va quvvatini 400 ming m3 ga yetkazish (30 mln AQSh doll.), ichimlik suvi manbasidan uzoq masofada bo‘lgan Gurlan, Yangibozor, Shovot tumanlarini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Gurlan tumanida quvvati 50 ming m3 lik yangi ichimlik suvi tozalash inshootini qurish; Urganch, Xiva Pitnak kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish, Gurlan tumanida kanalizatsiya tizimlarini barpo qilish rejalashtirilganligini taʼkidlash joiz.
Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining 2023-yil 18-oktabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi tomonidan 2023-yil 18-oktabrda Xorazm viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2023-yilning 3-noyabridan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:
Ichimlik suvi:
a) aholi uchun –1 m3 - 2800 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1 m3 - 5700 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3 - 5 700 so‘m;
Oqova suv xizmati uchun:
a) aholi uchun – 1 m3 – 1550 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun - 1 m3– 2400 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3– 2400 so‘m.
uzsuvuz
Бош саҳифага қайтиш