Bayram yarmarkasiga marhamat!
Navroʼz umumxalq bayrami oldidan Urganch markaziy dehqon bozori hududida qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil qilindi. Unda viloyatimiz dehqon va fermer xoʼjaliklarida yetishtirilgan hamda mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda.
Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov yarmarka faoliyati bilan tanishib, mahsulot turlarini yanada koʼpaytirish, shaharliklarning bayram dasturxoniga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish boʼyicha topshiriqlar berdi.
Viloyat rahbari markaziy dehqon bozorida ham boʼlib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi bilan qiziqdi, sotuvchi va xaridorlar bilan muloqotda boʼldi. Bozorlar toʼkinligi, narxlar barqarorligini taʼminlash yoʼlida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar aholining xarid qobiliyatini oshirish, xalqimizning bayram dasturxoni yanada toʼkin boʼlishiga xizmat qiladi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Бош саҳифага қайтиш