“Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli oʼtkazildi.
Qabulda 14 nafar tadbirkor oʼzlarining biznes faoliyatlarini yanada kengaytirish boʼyicha takliflari, shuningdek ayrim muammoli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Tadbirkorlar murojaatlarida qizilmiya yetishtirish va parrandachilik faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun boʼsh turgan binolarni sotib olish, yangi loyihalar uchun bank kreditlari ajratish kabi masalalar koʼtarildi. Har bir murojaat tegishli soha rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib bir qator muammolar oʼz yechimini topdi, shuningdek tadbirkorlarning istiqbolli loyihalari, foydali takliflari qoʼllab-quvvatlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Бош саҳифага қайтиш