Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

CHUQUR EHTIROM VA E`ZOZ

  • Qog'ozga chop etish

Fevral oyining har bir kuni qalblarga nur, ziyo bag‘ishlaydigan adabiy-badiiy, maʼrifiy, musiqali tadbirlar, “Nazm va navo” kechalariga uyg‘un bo‘lib, barchamizda unutilmas taassuotlar qoldirmoqda. 

9 fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi kuni hamda 14 fevral - ulug‘ shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunini keng nishonlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan tadbirlar rejasi belgilandi. Ana shu tadbirlar asosida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari hamkorligida barcha shahar va tumanlarida, taʼlim muassasalarida, mehnat jamoalarida, mahallalarda ikki buyuk bobokalonimizning tavalludi kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. 

Ilmiy-amaliy anjumanlarda, adabiy-badiiy tadbirlarda adabiyotshunos olimlar, tarixchilar, ijodkorlar so‘zga chiqib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy merosi haqida atroflicha to‘xtaldilar. Ulug‘ shoirlarning g‘azallari ifodali o‘qildi. Buyuk bobokalonlarimiz g‘azallari asosida bastalangan mumtoz qo‘shiqlarni hofizlar, yosh isteʼdod egalari mahorat bilan ijro qildilar. 

 Maxmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot kutubxona   markazida, viloyat bolalar kutubxonasida, taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlarida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Kutubxonalarda yozuvchi, shoirlar, olimlarning kitobxonlar bilan uchrashuvlari o‘tkazildi. Har bir uchrashuv uning qatnashchilarida chuqur taassurot qoldirdi. 

 Shuningdek, 14 fevral yurtimizning yana bir ulug‘ shoiri – Omon Matjon tavallud topgan kundir. Sevimli shoirimiz tavalludi kuni munosabati bilan ham vohamizda ko‘plab adabiy-badiiy tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Yangibozor tumani markazidagi istirohat bog‘ida ulug‘ shoir xotirasiga bag‘ishlangan  maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi va shoirning buyusti tantanali ravishda ochildi. Mazkur tadbirda ijodkorlar, shoirning farzandlari, hamqishloqlari, mehnat faxriylari, ijodkorlar so‘zga chiqib, o‘zlarining dil so‘zlarini izhor etdilar. Omon Matjon sheʼrlarini yosh ijodkorlar ifodali o‘qishdi. Kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

Fevral oyi unutilmas laxzalarga boy bo‘ldi. 20 fevral xalqimizning yana bir sevimli shoiri, “Ofarin” mukofoti sohibi Matnazar Abdulhakim tavallud topgan kun. Bu unutilmas kun munosabati bilan ham viloyatimiz miqyosida ko‘plab adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy va musiqali tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, 20 fevral kuni ertalab Matnazar Abdulhakim yashab ijod etgan uy peshtog‘ida yodgorlik lavhasining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng shoirning ijodxonasi, boy kitob fondiga ega bo‘lgan shaxsiy kutubxonasi bilan ham tanishildi. 

Maxmud Zamaxshariy nomli viloyat axborot kutubxona markazida shoir tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, shuningdek, Xorazm viloyat musiqali drama teatrida Matnazar Abdulhakimning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi bo‘lib o‘tdi. Xorazm maʼmun akademiyasida, Urganch davlat universitetida ham shoir ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy anjumanlar tashkil etildi. 

- Ha, fevral - adabiyot, ijod, isteʼdod va unutilmas xotiralarga to‘la laxzalardan iborat bo‘lgan oylardan biri bo‘ldi. Yurtimizning ulug‘ ijodkorlariga bag‘ishlangan har bir tadbir, ayniqsa, yoshlar qalbiga yanada ezgulik, yaxshilik nurini bag‘ishlaydi. Tadbirlar davomida o‘zlaridan bebaho maʼnaviy meros qoldirgan ulug‘ ijodkorlarning asarlariga alohida to‘xtalindi. Tadbirlar ishtirokchilari olimlarning, taniqli ijodkorlarning chiqishlarini diqqat-eʼtibor bilan tingladilar, - deydi viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudoyberganov. – Ushbu oy adabiyot,sanʼat, ijod bayramiga aylanib, qalblarga yanada nur, ziyo bag‘ishladi.

Ha, haqiqan ham o‘tkazilgan barcha tadbirlarda ilm-fan namoyandalari, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari faol qatnashib, yurtimizning buyuk shoirlarining salohiyatli ijodiy faoliyati, ular qoldirgan bebaho maʼnaviy-madaniy meros, ezgu ishlari haqida to‘laqonli so‘zlab berishdi. Bunday tadbirlar davomida ijod bo‘stoniga kirib kelayotgan ko‘plab yoshlar ham o‘zlarining sheʼrlari, qo‘shiqlari bilan davralarga fayz kiritishdi. 

Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi matbuot xizmati




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Fotogalereya