Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi

  • Qog'ozga chop etish

Zaxiriddin Muhammad Bobur - betakror shoir, zakovatli olim va tarjimon, donishmand tarixchi, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda. U o‘zining 47 yillik hayoti davomida ana shunday yuksak eʼtirofga sazovor bo‘ldi.




Bugun viloyat “Yoshlar markazi”da Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘lishi munosabati bilan viloyat hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari hamkorligida "Nazm va navo" kechasi tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda shoh va shoir, ulug‘ sarkarda, olim va tilshunos bobomiz Mirzo Bobur xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi jihatidan ham o‘xshashi yo‘q siymo ekani,  “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Musiqa sirlari”, “Qofiya ilmi kabi asarlari bilan jahonning mashhur allomalari qatoridan joy olgani taʼkidlandi.

– Adib ijodining sarchashmasi hisoblangan memuar asar «Boburnoma”, nafaqat milliy adabiyotimizning noyob durdonalaridan, balki jahon adabiyotining nodir namunalaridan biri sanaladi, dedi – viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R. Xudoyberganov. – “Boburnoma” asarining xorijiy olimlar tomonidan qilingan tarjimalari, uning asarlari asosida yaratilgan chet tillaridagi lug‘atlar bugungi kunda ham xorijiy tadqiqotchilar eʼtiborida.

Taʼkidlash joizki, Vatanimiz milliy rivojlanishining yangi bosqichiga – Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgan bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning Bobur shaxsi va ijodini yanada chuqurroq anglab yetishi,  ularning qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.    

Tadbirda Bobur sheʼriyati asosida yaratilgan kuy va qo‘shiqlar ijrosi hamda g‘azallaridan o‘qilgan namunalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


"Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyati bo‘limi matbuot xizmati




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Fotogalereya