Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Yil sarhisobi: “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan 47 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga 261 million 300 ming so‘mlik kompyuter va mebellar jamlanmasi olib berildi

  • Qog'ozga chop etish


2022 yilda "Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi va uning hududiy bo‘linmalar hisob raqamiga «Umumxalq xayriya hashari”dan kelib tushgan xayriya mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi 199-F-sonli farmoyishiga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini mebel, texnika, boshqa uskuna va jihozlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash va  taʼminlash maqsadida  261 million 300 ming so‘m pul mablag‘i hisobiga 9 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga kompyuterlar jamlanmasi, 38 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga mebellar jamlanmasi olib berildi.  



– Umumxalq    bayramlari va shonli sanalar munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarga  120 million 400 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi, – deydi fondning Xorazm viloyati boshqaruvi raisi Altibay Radjapov. – Ehtiyojmand, ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan, og‘ir sharoitda bo‘lgan bolalar, yakka yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarni  qo‘llab-quvvatlash va sog‘ligini tiklash uchun  122 million 500 ming so‘m, mahallalardagi kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini yoz mavsumida oromgoxlarga yuborish uchun 32 million so‘mdan, ziyod pul mablag‘lari ajratildi. "Muruvvat" va "Saxovat" uyidagi hamda mahallalardagi ehtiyojmand fuqarolarga   20 million so‘mlik  kiyim-kechak mahsulotlari yetkazib berildi.   



Bundan tashqari, fond hisobidan ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining "Yangiyo‘l" yurak-asab kasalliklari sihatgohida sog‘lomlashtirish uchun 50 million so‘m,   fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolar va "Mahalla" fondi tizimida yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan xodimlar hamda ehtiyojmand oilalarni "Navbahor” sihatgohida  dam olishi va   sog‘ligini tiklash uchun 50 million so‘m pul mablag‘lari  ajratildi.

Joriy yilda ham "Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga beminnat yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettiriladi. 

           Mahalla" xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi matbuot xizmati





Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fotogalereya