Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Xorazmda “Lazgi” akademiyasi tashkil etilish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi

  • Qog'ozga chop etish

    Prezidentning “Lazgi” akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Xorazm viloyati Urganch shahrida “Lazgi” akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beradi.

Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

“Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

fan-ta’lim va ijrochilikning integrasiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga ko‘maklashish;

“Lazgi” ijro yo‘li namunalari “Oltin fondi”ni yaratish;

“Lazgi” ijro yo‘llari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish va keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

“Lazgi”ni asrab-avaylash, zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, uning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;

“Lazgi” ijro namunalarini radio-televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmoqlari orqali chet ellarda keng targ‘ib etish.

Belgilab qo‘yilishicha, Akademiya Madaniyat vazirligi tizimidagi Davlat muassasasi hisoblanadi, Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.

Akademiya faoliyatini moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag‘lari, o‘z daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Akademiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Akademiya qoshida xo‘jalik hisobidan doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi quyidagilar:

“Lazgi”ni yaratilish tarixi va uning rivojlanish davrini o‘zida to‘liq qamrab olgan muzey;

“Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalaridan tashkil topgan fonoteka;

“Lazgi”ga oid liboslar namunasi galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafe;

Akademiya muassisligida “Lazgi” nomli ilmiy-uslubiy jurnal;

“Lazgi” havaskorlik bolalar teatr-studiyasi tashkil qiladi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘limi hisobidagi Urganch shahri, Mash’al ko‘chasi 4-uyda joylashgan bino va “Lazgi” ansambli hamda unga tegishli bo‘lgan barcha moddiy qiymatliklar Akademiya hisobiga o‘tkaziladi.

Akademiya Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa ko‘chasida joylashgan “Xorazm tarixi va madaniyati” uchun ajratilgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-martida Shavkat Mirziyoyev Xiva shahriga tashrif buyurganida viloyatda lazgi akademiyasini tashkil etish haqida gapirgan edi.



Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Fotogalereya