ХИЗМАТ МАШИНАЛАРИ ИШЛАР САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРАДИ
25.08.2018
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarining er uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanishi, shu jumladan, erni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini davriy monitoring qilib borishdagi ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida Xorazm viloyati Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari tuman kengashlariga xizmat mashinalari topshirildi. Tadbirda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Masharipov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Бош саҳифага қайтиш