Click to listen highlighted text!
Хоразм вилояти ҳокимлиги

Kichik tadbirkorlik (biznes)

 Kichik tadbirkorlik (biznes)

2016 yilning 1 iyul holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 10618 tani tashkil qildi.

2016 yil yanvar-iyunda yalpi hududiy mahsulotning 61,7 foizi 
(2015 yil yanvar-iyunda 61,3 foiz) kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

2016 yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari tomonidan:

- 585,1 ming nafar kishining bandligi ta’minlandi (jami iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 82,0 foizi), shu jumladan band bo‘lganlarning 459,3 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkor, 125,8 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi;

-sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 530,1 mlrd. so‘mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 48,8 foizi) yoki 2015 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 119,9 foizni tashkil qildi;

- 1187,7 mlrd. so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) tashkil qilib, o‘sish sur’ati 107,0 foizni (qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari yalpi mahsulotining 97,0 foizi) tashkil qildi.

-420,0 mlrd. co‘mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 59,4 foizi) o‘zlashtirildi va 2015 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 108,6 foizga o‘sdi;

-600,9 mlrd. co‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 92,1 foizi) bajarildi va 2015 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 134,2 foizga ko‘paydi;

-avtomobil transporti yuk aylanmasining 112,0 foizga (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 91,9 foizi), yo‘lovchi aylanmasining esa 105,4 foizga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 93,5 foizi) ko‘payishi ta’minlandi;

-chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 88,6 foizi yoki 1223,7 mlrd. co‘mi (o‘sish 118,8 foiz) va xizmatlar umumiy hajmining, mos ravishda 69,8 foizi yoki 845,9 mlrd. co‘mi (o‘sish 116,6 foiz) shakllantirildi;

-43,1 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 92,5 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 47,9 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 89,5 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi.

2016 yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik sub’ektlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmidagi xususiy tadbirkorlikning (fuqarolar mulki) ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 

 

 

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari mahsuloti (ish, xizmat) hajmi, mlrd.so‘mKichik tadbirkorlik sub’ektlari mahsuloti (ish, xizmat) hajmida xususiy sektor ulushi, 
% hisobida
 

 

 

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

1187,7

97,1

Sanoat

530,1

48,8

Qurilish

600,9

92,1

Chakana savdo

1323,7

88,6

Yuk tashish, mln tn.

18,9

91,9

Yo‘lovchi tashish, mln.kishi

194,8

93,5

Eksport, mln. AQSh doll.

43,1

92,5

Import, mln. AQSh doll.

28,0

95,5

 
Yalpi hududiy mahsulot va iqtisodiyot tarmoqlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmida kichik tadbirkorlik (biznes) ulushining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida

 

Добавить комментарий

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив