Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Demografiya va mehnat bozori

  • Qog'ozga chop etish

Demografiya va mehnat bozori

  2016-yil 1-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (593 kb)


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 aprel holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1752,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 31360 kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-martda quyidagicha ifodalanadi: 
 
 

Kishi

Har 1000 kishiga

 
 

2015 y.

2016 y.1)

o‘sish, 
kamayish (-)

2015 y.

2016 y.1)

Tug‘ilganlar

7156

7660

504

16,9

17,6

O‘lganlar

1616

1820

204

3,8

4,2

shu jumladan bir yoshgacha bolalar

1000 tug‘ilgan bolalarga nisbatan

93

127

34

10,4

13,1

Tabiiy o‘sish

5540

5840

300

13,1

13,4

Nikohlar

5492

4793

-699

13,0

11,0

Ajralishlar

226

272

46

0,5

0,6


1) dastlabki ma’lumot
 
 
 
Tug‘ilish darajasi. 2016 yilning yanvar-martida tug‘ilganlar soni 7660 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (7156 kishi) nisbatan 504 taga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 17,6promilleni tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (16,9 promille) nisbatan 0,7 promillega 
kupaydi. Tug‘ilish darajasining kupayishi viloyatning Xazorasp tumanida (18,4 dan 
20,1 promillega), Xiva tumanida (13,9 dan 14,9 promillega), Yangibozor tumanida (16,6 dan 19,9 promillega), Yangiariq tumanida (13,8 dan 16,6 promillega) ko‘payish kuzatildi.
O‘lim darajasi. 2016 yilning yanvar-martida o‘lganlar soni 1820 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (1616 kishi) nisbatan 204 taga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsienti 4,2promilleni tashkil qildi (2015 yil 
yanvar-martida – 3,8promille). O‘lganlar sonining ko‘payishi Bogot tumanida (3,6dan 4,7 promillega), Gurlan tumanida (3,2 dan 4,8 promillega), Shavat tumanida (3,1 dan 4,6 promillega), Yangibozor tumanida (3,7 dan 4,5 promillega) ko‘payish kuzatildi.
O‘lganlar umumiy sonidan 58,4 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,9 foizi - o‘sma kasalliklaridan, 4,1 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 4,8 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan, 5,5 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-martida bir yoshga to‘lmagan 127 ta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsienti 13,1 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar-martida 10,4 promille).
Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 49,6 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,5 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 16,5 foizi – tug‘ma anomaliyalardan va 0,8 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.
Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar-martidaFHDYo organlarida 4793 ta nikohlar va 272 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 11,0 ta nikoh (2015 yilning tegishli davrida –13,0 ta) va 0,6 ta ajralishlar (2015 yilning tegishli davrida – 0,5 ta) to‘g‘ri keladi.
Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 1684 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 1970 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 286 kishiga (2015 yilning shu davrida - minus 91 kishi) teng bo‘ldi.Eng katta minus qoldig‘lar Urganch shaxarda (minus 178), Gurlan tumanida(minus 71), Bog‘ot tumanida (minus 69) kuzatildi.
Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-martda quyidagicha ifodalanadi:

Har 1000 kishiga

 
 

 
 
Mehnat resurslarining soni dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yil yanvar-martga nisbatan 101,8 foizga ko‘payib, 979,4 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 55,9 foizini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-martda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab, 3277 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Urganch shaharda (499 kishiga), Kushkupir (370 kishiga), Xonqa (323 kishiga) va Xiva (309 kishiga), Shovot (305 kishiga) tumanlarida ko‘p.
Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 3097 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko‘rsatkich Urganch shaharda (430 kishiga), Kushkupir (332 kishiga), Xonqa (293 kishiga) va Shovot (574 kishiga), tumanlarida yuqori darajada bo‘ldi.
 
O‘tgan davr mobaynida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 464 nafari ishsizlik maqomini olgan.
Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

3097 (kishi)

 




Бош саҳифага қайтиш
Izoh qoldirish


ad

Raximov Jo'rabek Raximovich

Xorazm viloyati hokimi

Viloyatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi qanday?


A’lo - 503 (29%)
29
Yaxshi - 832 (48%)
48%
Qoniqarli - 295 (17%)
17%
Qoniqarsiz - 104 (6%)
6%
Jami ovozlar: 1,734 ta

Ovoz berish muddati tugagan!

Veb-sayt faoliyatini baholang?


A’lo - 1,674 (82%)
82
Yaxshi - 285 (14%)
14%
Qoniqarli - 82 (4%)
4%
Qoniqarsiz - 0 (0%)
0%
Jami ovozlar: 2,041 ta

Ovoz berish muddati tugagan!
«    Апрель 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Fotogalereya