DataLife Engine / Xorazm viloyat hokimligi axborot xizmati

Xorazm viloyat hokimligi axborot xizmati

Adambaev Odilbek Jumabaevich
Xorazm viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Tug‘ilgan yili: 03.09.1973
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani
Millati: o‘zbek
Partiyaviyligi: yo‘q
Ma’lumoti: oliy
Tamomlagan: 1995 y. Urganch davlat universiteti (kunduzgi)
2000 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Qaysi chet tillarini biladi: Rus, ingliz

MEHNAT FAOLIYATI

1990-1995 yy. - Urganch davlat universiteti talabasi
1995-1999 yy. - Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi suxandoni, muharriri, katta muharriri-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sharhlovchi.
1999-2000 yy. - Xorazm viloyati hokimligi referenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi
2000-2006 yy. - Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi bosh muharriri, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari
2006-2012 yy. - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi direktorining o‘rinbosari
2012-2014 yy. - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi direktori vazifasini bajaruvchisi
2014-2017 yy. - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi direktorning o‘rinbosari
2017- 2021 yy. «Xalq so‘zi» gazetasining  Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi muharriri
2021  -  h.v  Xorazm viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Xorazm viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Adambaev Odilbek Jumabaevichga hokimlik faoliyatiga doir axborotlarni shakllantirish va rasmiy veb-saytga joylashtirib borish, o‘z vaqtida axborotlarni yangilanishini ta’minlash yuklatilgan.

Hokimlik axborot xizmati bo‘linmasining asosiy xizmat vazifalari:
• hokimlikning axborot siyosatini amalga oshirishga karatilgan media-rejani ishlab chiqish;
• hududiy OAV pozitsiyasi hamda hududdagi jamoatchilikning hokimlik faoliyatiga nisbatan fikri to‘g‘risida viloyat hokimligi rahbariyatini tezkor xabardor qilish;
• viloyat hokimligi rahbariyatiga hududiy muammolar to‘g‘risida qisqa axborot xabarlarini muntazam taqdim etib turish,
• hokimlik faoliyati to‘g‘risida yangiliklar, lavhalar va boshqa materiallarning chiqishi uchun axborot rejasini ishlab chiqish (1-3 oy uchun bo‘lgani ma’qul);
• hokimlik faoliyatiga daxldor axborot materiallarini tayyorlash (matbuot xabarnomalari, foto byulletenlar, video va audiomateriallar, intervyu va hokazo);
• OAV, boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan hokimlik faoliyati yuzasidan berilishi mumkin bo‘lgan savollariga javoblarni oldindan tayyorlash;
• kelishilgan holda, hokim yoki boshqa hokimlik xodimlarining matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyu va fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish hamda o‘tkazish;
• hokimlikning rasmiy veb-sayti uchun axborotni tayyorlash va joylashtirish;
• hokimlik va hududdagi boshqa tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida OAV xabarlarini monitoring va tahlil qilish;
• hokimlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumotlarning ishonchliligini tahlil qilish;

Adres: Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 29, 220100
Tel: +998(62) 223-00-18, 
Faks: +998(62) 223-00-18,
E-pochta: info@xorazm.uz

5-01-2022, 17:30
Вернуться назад