Transport
Yuk tashish. 2016 yil yanvar-sentyabrda barcha transport turlari tomonidan38,7 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
6,8 foizga ko‘p.
Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 977,5 mln.tn-km. ni tashkil qildi va 4,6 foizga ko‘paydi.
Yuk tashish va yuk aylanmasi transport turlari bo‘yicha quyidagicha ifodalanadi:
2016 yil | 2015 yil | |
|
| |
Tashilgan yuk, mln. tn | 38,7 | 106,8 |
shu jumladan: |
|
|
avtomobil transportida | 38,7 | 106,8 |
Yuk aylanmasi, mln. tn-km | 977,5 | 104,6 |
shu jumladan: |
|
|
avtomobil transportida | 977,5 | 104,6 |
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning avtomobil transportining yuk aylanmasi 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 106,6 foizga ko‘paydi va 977,5 mln. tn-km. ni tashkil qildi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi 84,7 foizni tashkil etdi (2015 yil yanvar-sentyabrda 83,1 foiz).
Yo‘lovchi tashish. 2016 yil yanvar-sentyabrda barcha transport turlari tomonidan 324,2 mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga ko‘paygan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 5,4 foizga ko‘payib, 3469,4 mln. yo‘lovchi-km. ni tashkil qildi.
Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:
| 2016 yil | 2015 yil |
|
| |
Transportda tashilgan yo‘lovchilar, mln. kishi | 324,1 | 104,1 |
shu jumladan, avtomobil transportida | 323,5 | 104,1 |
Yo‘lovchi aylanmasi, mln. yo‘lovchi-km | 3469,4 | 105,4 |
shu jumladan, avtomobil transportida | 3451,8 | 105,4 |
Xususiy yo‘lovchi tashuvchilar avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 105,4 foizga ko‘paydi va 3469,4 mln. yo‘lovchi-km. ni tashkil qildi. Yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida xususiy yo‘lovchi tashuvchilarning ulushi84,5 foizni tashkil etdi (2015 yil yanvar-sentyabrda
83,5 foiz).