Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil yanvar-martida ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 1144,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 1,2 foizga teng bo‘ldi. 2016 yil yanvar-mart oylarida YaHM deflyator indeksi 108,4 foizni tashkil qildi. Yanvar-mart oylarida viloyat yalpi hududiy mahsulotining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
2016-yil 1-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (593 kb)
mlrd.so‘m | 2015 yil | ||
2015 yil | 2016 yil | ||
I. Yalpi hududiy mahsulot, jami | 1029,6 | 1144,3 | 101,2 |
shu jumladan: | |||
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati | 968,8 | 1064,3 | 101,4 |
Mahsulotlarga sof soliqlar | 60,8 | 80,1 | 97,5 |
II. Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati | 968,8 | 1064,3 | 101,4 |
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi | 85,8 | 95,0 | 106,6 |
Sanoat (qurilishni qo‘shgan holda) | 300,8 | 296,0 | 89,4 |
sanoat | 200,4 | 184,1 | 80,0 |
qurilish | 100,4 | 112,0 | 108,3 |
Xizmatlar | 582,1 | 673,3 | 106,9 |
savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar | 89,3 | 104,1 | 106,9 |
tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari | 148,4 | 163,7 | 106,0 |
boshqa xizmatlari | 344,5 | 405,4 | 107,2 |
Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’atiga asosiy ta’siri savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (106,9%), qurilish (108,3%) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (106,6%) tarmoqlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM ishlab chiqarish umumiy hajmining 61,0 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) hissasiga to‘g‘ri keldi va bu ko‘rsatkich 2015 yil yanvar-martga nisbatan 0,8 foizli bandga oshdi. 2016 yil yanvar-martda yalpi hududiy mahsulot hajmida xizmatlar ulushi
63,3 foiz (2015 yil yanvar-martda 60,1,0 foiz)ni tashkil qildi.