DataLife Engine / Bugun xalq deputatlari Qoʼshkoʼpir tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Bugun xalq deputatlari Qoʼshkoʼpir tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.

       Sessiyada tashkiliy masala koʼrildi. Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov Qoʼshkoʼpir tumani hokimi lavozimiga ilgari iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi " Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori oʼrinbosari vazifasida ishlab kelgan Egamov Boburbek Davlatnazarovich nomzodini tavsiya etdi. Muzokarada soʼzga chiqqanlar nomzodni yakdillik bilan qoʼllab- quvvatladilar. Ovoz berish natijalariga koʼra Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qoʼshkoʼpir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari, bu borada ishlab chiqilgan "Yoʼl xaritasi"da belgilangan chora- tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha galdagi vazifalar xususida toʼxtaldi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

1-04-2023, 16:28
Вернуться назад