DataLife Engine / Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy

Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy

Tug‘ilgan vaqti: 780 yil, Xorazm, O‘zbekiston 
Vafot vaqti: 850 Bag‘dod, Iroq

Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusi al-Katrabbuli (783, Xiva – 850, Bag‘dod) – o‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk krmusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo‘lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so‘ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o‘ynagan. Xalifa Horun ar-Rashidning o‘g‘li va uning Xurosondagi voliysi alMa’mun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819 y. da Bag‘dodni egallagan al-Ma’mun turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Habash al-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o‘zi bilan olib ketib, o‘ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa - "Bayt ul-hikmat" ("Donishmandlik uyi") ning o‘zagini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bo‘lgan. U shu davrdan boshlab Bag‘dodda al-Ma’mun (813 – 833),  so‘ng al-Mo‘tasim (833 842), al-Vosiq (842 – 847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha o‘ntacha asari to‘liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning o‘ziyoq ko‘rsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo‘shgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton Xorazmiyni "O‘z zamonasining eng buyuk matematigi,  agar barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri", deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan bekiyos o‘rni tufaylidir. 
Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning "Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala" ("Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob") asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma’lum. Lekin ba’zan Xorazmiy faqat o‘zidan avval ma’lum bo‘lgan chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtayi nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo bo‘lgan. Holbuki,  Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bag‘ishlangan. Bu shundan ham ko‘rinadiki,  kitob nomi ikki muhim algebraik amal — aljabr va almuqobala bilan atalgan. Xorazmiy algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qanday qo‘llanishini bayon etib, so‘ng algebraik shakl almashtirishlariga o‘tgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin bo‘lar edi. Xorazmiy asari 12-a. ning boshlarida kremonalikGerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib "aljebra" (fransuz, ingliz tillarida), "algebra" (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan. 
Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad alFarg‘oniy, Xuttaliy va b. uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiy uzining "Zij"ini yozishda xind "Sindhanta"lariga va Ptolemeyning "Almagest" asariga tayangan bulsa, "Algebra", "Arifmetika" va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. Xorazmiy asarlarining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muxim pog‘ona vazifasini o‘tadi. Mas, Beruniy Xorazmiyning "Zij" iga atab uchta risola bitgan.
8-12-2018, 13:32
Вернуться назад