DataLife Engine / Ekoturizm

Ekoturizm

Ekoturizm

Xorazm viloyatining iqlimi keskin kontinental, yoz oylarida xarorat +40 S gacha ko‘tarilishi mumkin. shunga qaramay viloyat xududidagi ekin erlari yuqori xosildorlikka ega chunki, ichimlik va sug‘orish suvlarining asosiy manbai bo‘lmish Amudaryo butun xudud bo‘ylab oqib o‘tib, erning sho‘rini yuvadi va uning tarkibini yaxshilaydi. Bu jixatdan Xorazmning yozgi iqlimini Misr iqlimi bilan solishtirish mumkin, buni ko‘plab xorijiy sayyoxlar e’tirof qilishmoqda. Qishda xarorat -30 gradusgacha pasayadi, yog‘ingarchilar kuzatiladi va kuchli quruq shomaol esadi



 


Amudaryo bo‘yida soxil o‘simliklarining o‘zziga xos turlarini uchratish mumkin, bu kichik o‘rmonlar to‘qayzorlar deyiladi. To‘qayzor o‘rmonlar yovvoyi to‘ng‘iz, buxoro bug‘usi, Eron bug‘usi, mallarang tulki, shoqol, qo‘ng‘ir quyon ko‘plab qush turlari uchun muxim yashash muxiti xisoblanadi. To‘qayzorning asosiy daraxtlari Gujum, Baqaterak, Sharq jiydasi, Jingil va Yulgundir. 





Xususan, issiq yoz oylarida daryo bo‘yi mikroiqlimi juda yoqimli. Maxalliy axoli orasida Amudaryo va uning yon kanallari bo‘yidagi to‘qayzorlar yozgi dam olish maskanlari sifatida juda mashxur. 
Bu o‘ziga xos ekotizimdan baxramand bo‘lish uchun, ko‘p yillik Terak va gujumlar ostida dam olish va o‘tovlarda tushlik qilish yoki ikki qavatli kemada Amudaryoni aylanib chiqishingiz mumkin. bundan tashqari daryo bo‘larida baliq ovi xam yo‘lga qo‘yilgan. 






Amudaryo bo‘ylab ikki qavatli kemada sayoxat. 


Amudaryo bo‘yida ikki qavatli kemada sayoxatlar yo‘lga qo‘yilgan. Sayoxat davomida kema bortida yangi tutlgan baliqlardan tayyorlangan taomlar tortiladi.


Shuningdek, ayni shu atrofda paxtazor erlar joylashgan bo‘lib bu erda mexmonlar qishloq xo‘jaligi tajribisi bilan tanishishdan tashqari, paxta terish va tandirda non yopish jarayonini kuzatishlari va ishtirok etishlari mumkin. kunning oxirida issik kulcha va bir piyola choy ustida folklor spektaklini tomosha qilishingiz mumkin.






8-12-2018, 13:26
Вернуться назад