DataLife Engine / Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz

Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz



Xonqa tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot profilaktik tadbirlari doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni tuman hokimi Murodbek Davlatov olib borib,  korrupsiyaning jirkanch holatlari haqida axborot berdi. 

Mazkur oylik doirasida o‘tkazilgan seminarda korrupsiya xavfi saqlanib qolayotgan soha va tarmoqlarni raqamlashtirish, inson omili aralashuvini cheklash, ochiqlikni ta’minlash va preventiv choralarni kuchaytirish orqali ushbu salbiy illatga barham berilishi to‘g‘risida fikrlar almashildi.

2-12-2023, 18:56
Вернуться назад