DataLife Engine / Kichik tadbirkorlik (biznes)

Kichik tadbirkorlik (biznes)

 Kichik tadbirkorlik (biznes)

2016yilning 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 11050 tani tashkil qildi.
2016yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 75,3 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 75,2 foiz) kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrda kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari tomonidan:
- 587,3 ming nafar kishining bandligi ta’minlandi (jami iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 82,2 foizi), shu jumladan band bo‘lganlarning 457,2 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkor, 130,1 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi;
-sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 843,6 mlrd. so‘mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 49,5 foizi) yoki 2015 yilning yanvar-sentyabrga nisbatan 115,3 foizni tashkil qildi;
-2136,4 mlrd. so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) tashkil qilib, o‘sish sur’ati 106,1 foizni (qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari yalpi mahsulotining 94,2 foizi) tashkil qildi.
-672,5 mlrd. so‘mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 61,9 foizi) o‘zlashtirildi va 2015 yilning yanvar-sentyabrga nisbatan 113,8 foizga o‘sdi;
-887,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 89,9 foizi) bajarildi va 2015 yilning yanvar-sentyabrga nisbatan 131,4 foizga ko‘paydi;
-avtomobil transporti yuk aylanmasining 109,8 foizga (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 91,7 foizi), yo‘lovchi aylanmasining esa 104,4 foizga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 93,5 foizi) ko‘payishi ta’minlandi;
- chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 88,4 foizi yoki 2085,1 mlrd. so‘mi (o‘sish 118,8 foiz) va xizmatlar umumiy hajmining, mos ravishda 69,2 foizi yoki 1302,6 mlrd. so‘mi (o‘sish 116,0 foiz) shakllantirildi;
-71,2 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 92,8 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 91,1 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 91,0 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi.
2016 yilning yanvar-sentyabrda kichik tadbirkorlik sub’ektlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmidagi xususiy tadbirkorlikning (fuqarolar mulki) ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari mahsuloti (ish, xizmat) hajmi, mlrd.so‘mKichik tadbirkorlik sub’ektlari mahsuloti (ish, xizmat) hajmida xususiy sektor ulushi, 
% hisobida
 

 

 

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

2136,4

94,2

Sanoat

843,6

49,5

Qurilish

887,3

89,8
Chakana savdo

2085,1

88,4

Yuk tashish, mln tn.

35,5

91,7

Yo‘lovchi tashish, mln.kishi

302,4

93,5

Eksport, mln. AQSh doll.

71,2

92,8

Import, mln. AQSh doll.

91,1

91,0


5-12-2018, 17:40
Вернуться назад