DataLife Engine / Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi

Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi

 Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra,
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 13832 tani tashkil qilib, shundan 13345 tasi yoki 96,5 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 3308 ta (23,9 foizi), sanoat 2016 (14,6 foizi), qurilish 1408 ta (10,2 foizi) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1045 ta (7,6 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

 

Ro‘yxatga 
olinganlar

Faoliyat 
ko‘rsatayotganlar


birlik

yakunga nisbatan foizda

birlik

yakunga nisbatan foizda

Jami

13832

100,0

13345

100,0

shu jumladan:

 

 

 

 

qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

1045

7,6

1005

7,5

sanoat

2016

14,6

1975

14,8

qurilish

1408

10,2

1374

10,3

savdo

3308

23,9

3190

23,9

tashish va saqlash

510

3,7

495

3,7

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar

716

5,2

696

5,2

axborot va aloqa

210

1,5

201

1,5

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish

426

3,0

423

3,2

boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish

4193

30,3

3986

29,9

Ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 83,7 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 32,5 foizi xususiy korxonalar, 0,2 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 0,2 foizi aktsiyadorlik jamiyatlari, 50,8 foizi boshqa korxonalar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslar mulkchilik shakllari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

2016 yil yanvar-sentyabrda jami 1171 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’ektlari –1128 ta). Ularning asosiy qismi Xiva tumaniga (viloyat bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning 27,6 foizi), Urganch shahri (24,8 foiz), Urganch (11,4 foiz), Xonqa (7,3 foiz) va Qo‘shko‘pir tumanlariga (5,9 foiz) to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning 30,2 foizi savdo, 21,3 foizi sanoat va 9,3 foizi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohalariga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida 852 ta korxona va tashkilotlar faoliyati tugatilgan bo‘lib, ulardan 183 tasi (jami faoliyati tugatilganlarning 21,5 foizi) ixtiyoriy tugatilish tartibini qo‘llash orqali tugatilgan.




5-12-2018, 17:38
Вернуться назад