Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning 1 iyul’ holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 13670 tani tashkil qilib, shundan 13164tasi yoki 96,3 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 3243 ta (23,7 foizi), sanoat 1954 (14,3 foizi), qurilish 1396 ta (10,2 foizi) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1057 ta (7,7 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.
2016 yilning 1 iyul holatiga ro‘yxatga olingan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
| Ro‘yxatga | Faoliyat | ||
birlik | yakunga nisbatan foizda | birlik | yakunga nisbatan foizda | |
Jami | 13670 | 100,0 | 13164 | 100,0 |
shu jumladan: |
|
|
|
|
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi | 1057 | 7,7 | 1017 | 7,7 |
sanoat | 1954 | 14,3 | 1904 | 14,5 |
qurilish | 1396 | 10,2 | 1363 | 10,4 |
savdo | 3243 | 23,7 | 3110 | 23,6 |
tashish va saqlash | 509 | 3,7 | 495 | 3,8 |
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar | 704 | 5,1 | 689 | 5,2 |
axborot va aloqa | 207 | 1,5 | 197 | 1,5 |
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish | 414 | 3,0 | 413 | 3,1 |
boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish | 4186 | 30,8 | 3976 | 30,2 |
Ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 83,4 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 33,1 foizi xususiy korxonalar, 0,2 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 0,2 foizi aksiyadorlik jamiyatlari, 49,8 foizi boshqa korxonalar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslar mulkchilik shakllari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
1 iyul holatiga,
umumiy soniga nisbatan foiz hisobida
2016 yil yanvar-iyunda jami 764 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’ektlari –728 ta). Ularning asosiy qismi Urganch shahriga (viloyat bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning 25,7 foizi), Xiva (23,2 foiz), Urganch (11,8 foiz), Xonqa (7,1 foiz) va Qo‘shko‘pir tumalariga (6,4 foiz) to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning 28,0 foizi savdo, 18,6 foizi sanoat va 11,3 foizi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohalariga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida 606 ta korxona va tashkilotlar faoliyati tugatilgan bo‘lib, ulardan 129 tasi (jami faoliyati tugatilganlarning 21,3 foizi) ixtiyoriy tugatilish tartibini qo‘llash orqali tugatilgan.
2016 yil yanvar-iyunda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishda hamda aholi bandligi bo‘yicha davlat va nodavlat sektorlarining nisbati quyidagicha ifodalanadi:
umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida