Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yil yanvar-iyunda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 2716,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va
2015 yilning yanvar-iyunga nisbatan o‘sish sur’ati 3,2 foizga teng bo‘ldi.
2016 yil yanvar-iyun oylarida YaHM deflyator indeksi 107,1 foizni tashkil qildi.
Yanvar-iyun oylarida viloyat yalpi hududiy mahsulotining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
mlrd.so‘m | 2015 yil | ||
2015 yil | 2016 yil | ||
I. Yalpi hududiy mahsulot, jami | 2445,8 | 2716,3 | 103,7 |
shu jumladan: | |||
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati | 2296,5 | 2574,7 | 103,9 |
Mahsulotlarga sof soliqlar | 149,4 | 141,6 | 99,9 |
II. Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati | 2296,5 | 2574,7 | 103,9 |
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi | 370,3 | 410,4 | 107,1 |
Sanoat (qurilishni qo‘shgan holda) | 646,8 | 663,8 | 92,4 |
sanoat | 419,4 | 391,5 | 79,0 |
qurilish | 227,4 | 272,3 | 117,2 |
Xizmatlar | 1279,3 | 1500,5 | 108,8 |
savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar | 202,8 | 237,7 | 108,9 |
tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari | 315,0 | 360,8 | 108,2 |
boshqa xizmatlari | 761,6 | 902,0 | 109,0 |
Yanvar-iyunda yalpi hududiy mahsulotning tarmoqlar tarkibi (foizda):
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’atiga asosiy ta’siri savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (108,9%), qurilish (117,2%) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (107,1%) tarmoqlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM ishlab chiqarish umumiy hajmining 61,7 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) hissasiga to‘g‘ri keldi va bu ko‘rsatkich 2015 yil yanvar-iyunga nisbatan
0,4 foizli bandga oshdi.
2016 yil yanvar-iyunda yalpi hududiy mahsulot hajmida xizmatlar ulushi
58,3 foiz (2015 yil yanvar-iyunda 55,7 foiz)ni tashkil qildi.