2015-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (23 mb)
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 yanvar holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1747,0 ming kishini tashkil qilib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 31,4 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi.
Aholining tabiiy harakati 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida quyidagicha ifodalanadi:
Kishi | Har 1000 kishiga | ||||
2014y. | 2015y9(*) | o‘sish, | 2014y. | 2015y.(*) | |
|
|
|
|
| |
Tug‘ilganlar | 40248 | 39621 | -557 | 23,7 | 22,9 |
O‘lganlar | 7780 | 7893 | 113 | 4,6 | 4,6 |
Bir yoshgacha ulganlar | 566 | 565 | -1 | 14,2** | 14,4** |
Tabiiy o‘sish | 423 | 391 | -32 | 14,6 | 13,6 |
Nikohlar | 17030 | 16192 | -838 | 10,0 | 9,4 |
Ajralishlar | 1014 | 996 | -18 | 0,6 | 0,6 |
(*) Dastlabki ma’lumotlar
(**) 1000 tug‘ilganlarga nisbatan
2015 yil yanvar-dekabr oylari mobaynida tug‘ilganlar soni 39691 kishini tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, tug‘ilish koeffitsienti 23,7 promilledan 22,9 promillega kamaydi.
Tug‘ilish darajasining kamayishi Urganch tumanida (21,9 dan
20,3 promillega), Xonka tumanida (23,8 dan 22,8 promillega), Ko‘shko‘pir tumanida (25,7 dan 24,1 promillega), Shavat tumanida (26,4 dan 24,6 promillega) kamayish ku-zatildi.
2014 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 113 kishiga yoki 0,9 foizga ko‘paydi. O‘lganlar sonining ko‘payishi Urganch shaxrida (6,4dan
7,0 promillega), Yangibozor tumanida (4,7 dan 5,0 promillega),Ko‘shko‘pir tumanida (4,2 dan 4,3 promillega) ko‘payish kuzatildi.
2015 yilning yanvar- dekabr oylari maboynida 16192 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 996 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 9,4 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2014 yil yanvar-dekabr oylarida mos ravishda 10,0 va 0,6).
Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,
2014 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 101,6 foizga ko‘payib 967,8 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 55,4 foizini tashkil qildi.
Iqtisodiy faol aholi soni 712,1 ming kishini tashkil etdi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,1 foizga ko‘paydi, shu jumladan 696,0 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 97,7 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2015 yil yanvar-dekabr oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 16,1 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,5 ming kishiga kamdir
Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning 2016 yil 1 yanvar xolatiga 599 kishi yoki 4,1 foizi ishsiz deb e’tirof etilgan