2015-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (23 mb)
2015 yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 2516971,2 mln. so‘mni va 2014 yilning shu davriga nisbatan 105,9 foizni tashkil qildi.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chikarish hajmi 1247411,3 mln. so‘mni (2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan (105,6 foiz), chorvachilik mahsulotlari 1269559,9 mln. so‘mni (106,2 foiz) tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 foizni, chorvachilik mahsulotlari 50,4 foizni tashkil qildi.
Dexqonchilik. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda joriy yil hosili uchun qishloq xo‘jalik ekinlarining umumiy maydoni 232,5 ming ga.ni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 0,8 ming ga ko‘p buldi. Boshoqli don ekinlari bilan band bo‘lgan ekin maydoni 52,5 ming gektar, paxta ekin maydoni 99,7 ming gektar, kartoshka 5,7 ming gektar, sabzavot ekinlari 14,9 ming gektar maydonni tashkil qildi.
Hosil yig‘imi. 2015 yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 224,7 ming tonna boshoqli don ekinlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga kupaygan, shundan 224,0 ming tonna bug‘doy (0,2 foiz).
Barcha toifadagi xo‘jaliklarda 115,0 ming tn. kartoshka qazib olindi (2014 yilga nisbatan 6,1 foizga ko‘p), 547,5 ming tn. sabzavot (9,1 foizga ko‘p) 132,5 ming tn. poliz ekinlari (5,5 foizga ko‘p), 173,3 ming tn. meva va rezavorlar (7,4 foizga ko‘p) va 40,1 ming tn. uzum (9,0 foizga ko‘p) etishtirildi.
Chorvachilik. 2016 yilning 1 yanvar holatiga yirik shoxli qoramollar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 68,7 ming boshga (9,1 foizga),
shu jumladan sigirlar 15,8 ming boshga (5,2 foizga), qo‘y va echkilar 9,9 ming boshga (2,6 foizga), parrandalar 446,0 ming boshga (10,2 foizga) ko‘paydi. 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 128,6 ming tonna tirik vaznda go‘sht (o‘tgan yilga nisbatan 106,3 foiz), 867,4 ming tonna sut (106,3 foiz), 351,7 mln. dona tuxum (106,3 foiz), 1222 tonna jun (104,8 foiz), 7,7 ming dona qorako‘l teri (103,0 foiz) etishtirildi.
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o‘sishi asosan dehqon xo‘jaliklari hisobiga bo‘lib, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 96,3 foizni, sut ishlab chiqarishda – 95,4 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 59,7 foizni tashkil etdi.
Fermer xo‘jaliklari. 2016 yilning 1 yanvar holatiga fermer xo‘jaliklarida 57,5 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 21,3 ming bosh sigir, 28,1 ming bosh qo‘y va echkilar, 1074,8 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2015 yilning 1 yanvariga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 108,1 foizni, shu jumladan sigirlar 107,0 foizni, qo‘y va echkilar 102,6 foizni, parrandalar 108,2 foizni tashkil qildi.
Fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:
| yanvar-dekabr | 2014 yil yanvar-dekabriga nisbatan foiz | |||
2014 y. | 2015 y. | ||||
tonna
| ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz | tonna
| ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz | ||
|
|
|
|
| |
Boshoqli don | 129980 | 58,0 | 130730 | 58,2 | 100,6 |
shu jumladan bug‘doy | 129739 | 58,0 | 130430 | 58,2 | 100,5 |
Kartoshka | 22065 | 20,4 | 23400 | 20,4 | 106,1 |
Sabzavot | 164287 | 32,7 | 177500 | 32,4 | 108,0 |
Poliz | 68190 | 54,3 | 72000 | 54,3 | 105,6 |
Meva va rezavorlar | 90234 | 55,9 | 96700 | 55,8 | 107,2 |
Uzum | 12004 | 32,6 | 13000 | 32,4 | 108,3 |
Go‘sht, tirik vaznda | 3755 | 3,1 | 4020 | 3,1 | 107,1 |
Sut | 34650 | 4,2 | 37250 | 4,3 | 107,5 |
Tuxum, ming dona | 19830 | 6,0 | 21500 | 6,1 | 108,4 |
Jun, tonna | 137 | 11,7 | 148 | 12,1 | 108,0 |
Qorako‘l, dona | 535 | 7,2 | 560 | 7,3 | 104,7 |
Pilla, tonna | 1978,3 | 95,8 | 2103,5 | 96,8 | 106,3 |