DataLife Engine / Transport

Transport

Transport

 2015-yil 3-kvartal statistik va tahliliy axborotlar  (804 kb)


Yuk tashish. 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari maboynida barcha transport turlari tomonidan 35,7 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,0 foizga ko‘p. 
Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 944,3 mln. tn-km.ni tashkil qildi va 7,3 foizga ko‘paydi.


      Yuk tashish va yuk aylanmasi transport turlari bo‘yicha quyidagicha ifodalanadi:



 

2015 y.
yanvar-sentyabr

2014 yil 
yanvar-sentyabriga nisbatan foiz xisobida

Tashilgan yuk, mln. tn

35,7

106,0

shu jumladan:

 

 

avtomobil transportida

35,7

106,0

Yuk aylanmasi, mln. tn-km

944,3

107,3

shu jumladan:

 

 

avtomobil transportida

944,3

107,3

Avtomobil transportida 35,7  mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu 2014 yilning  yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,0 foizga ko‘paydi. Yuk aylanmasi 7,3 foizga ko‘paydi va 944,3 mln. tn-km.ni tashkil qildi. 
Xususiy yuk tashuvchilar avtomobil transportining yuk aylanmasi 2014 yil yanvar-sentyabr oylari darajasidan 6,0 foizga ko‘paydi va  776,8 mln. tn-km. ni tashkil qildi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi  82,3  foizni tashkil etdi (2014 yil yanvar-sentyabr oylarida 83,2 foiz).


Yo‘lovchi tashish. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida barcha transport turlari tomonidan  308,4  mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 5,3  foizga ko‘paygan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 6,7 foizga ko‘payib, 3250,9 mln. yo‘lovchi-km.ni tashkil qildi. 
Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish va yo‘lovchi aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:



 

2015 y.
yanvar-sentyabr

2014 yil 
yanvar-sentyabriga nisbatan foiz hisobida

 

 

 

Transportda tashilgan yo‘lovchilar, mln. kishi

308,4

105,3

avtomobil transportida

307,8

105,3

shahar elektr transportida

0,6

95,8

Yo‘lovchi aylanmasi, 
mln. yo‘lovchi-km

3250,9

106,7

avtomobil transportida

3233,5

106,7

shahar elektr transportida

17,4

95,9

6-12-2018, 12:03
Вернуться назад