DataLife Engine / RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Milliy tiklanish gazetasida Xiva shahrida turizm sohasida malakali kadrlar yetishmasligi, Urganch-Andijon reyslari kamligi hamda Urganch temir yo‘l vokzalida  poyezd vagonlari yetishmasligi haqida ma'lumotlar chop etildi. Mazkur e'tirozlar bo‘yicha: Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan  turizm sohasidagi kadrlarni bilim malakasini oshirish maqsadida bir qancha seminar treninglar o‘tkazildi.  
Bundan tashqari, 2024 yilda viloyatga temiryoʼl orqali jami 1 600 ta qatnovlar amalga oshiriladi. Bunda, “Urganch-Toshkent” yoʼnalishida haftada 14 marta, “Urganch-Аndijon” yoʼnalishida haftasiga 14 marta, “Volgograd-Urganch-Toshkent” yoʼnalishida haftasiga 4 marta reys amalga oshirilib yiliga oʼrtacha 1 mln 300 ming nafar aholiga xizmat qiladi. (shundan, oʼrtacha 500-600 ming nafari sayyohlarni tashkil qiladi). 

Xorazm viloyati turizm boshqarmasi axborot xizmati
       
20-03-2024, 11:48
Вернуться назад