DataLife Engine / Rasmiy_munosabat

Rasmiy_munosabat

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “ISHONCH” nomli gazetasida “Xorazmga chavandozlar kerak emasmi?” sarlavhasi ostida chiqarilgan maqola yuzasidan rasmiy munosabat.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5212-sonli qaroriga asosan viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli Chavandozlar maktabi faoliyat boshlagan. 


Bugungi kunda ot sportiga ko‘proq yoshlarni jalb qilish va rivojlantirish bo‘yicha mahallallarda, maktablarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli Chavandozlar maktabi hududini rivojlantirish, turmush darajasini oshirish, bir qancha muhim tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, amaliy mashg‘ulot o‘tkazish joylari va shaxsiy tarkibga zarur shart-sharoitlar yaratib berish borasida bir qancha ehtiyojlar mavjud. 


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan Chavandozlar maktabi uchun yangidan bino qurish va infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smetasi asosida mahalliy byudjet hisobidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha viloyat hokimligiga murojaat yo‘llangan.


Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

22-06-2023, 09:54
Вернуться назад