DataLife Engine / Xorazmning turizm salohiyati Germaniyada targ'ib qilinmoqda

Xorazmning turizm salohiyati Germaniyada targ'ib qilinmoqda


Xorazm viloyati delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli “ITB Berlin” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda. 

Jahon turizm bozoridagi eng katta mazkur yarmarkada 190 ta davlatdan 165 ming ishtirokchi o'z stendlari bilan qatnashmoqda.

Xalqaro ko’rgazma davomida Xorazm viloyatining turizm, madaniyat va san'at sohasi vakillari, tadbirkorlardan iborat delegatsiya viloyatning turizm salohiyati taqdimoti  va gastroturizm burchagi bilan ishtirok etmoqda. 

Shuningdek, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda yangi turizm yo'nalishlarini ishlab chiqish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

4-03-2025, 18:54
Вернуться назад