DataLife Engine / Seminar trening o'tkazildi

Seminar trening o'tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan  tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi, viloyat hokimligi va viloyat G‘aznachilik xizmati boshqarmasi hamkorligida seminar trening tashkil etildi. Unda  nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub'yektlari uchun davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
11-02-2025, 12:43
Вернуться назад