DataLife Engine / KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH OILADAN BOSHLANADI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH OILADAN BOSHLANADI


Farzandlar tarbiyasi oiladan boshlanadi. Yaxshi niyat bilan voyaga yetkazayotgan oʻgʻil-qizlarni  munosib tarbiyalash koʻp jihatdan ota-onalarga bogʻliq. “Qush uyasida koʻrganini qiladi”, “Katta arava qayerdan yursa, kichik arava ham oʻsha yerdan yuradi” degan milliy qadriyatlarimizga boy ushbu naqllar necha asrlardan beri xalqimiz tomonidan eʼtirof qilinib, oʻz mohiyatini yoʻqotmasdan kelmoqda.
 
Oʻz oilasida yaxshi tarbiya koʻrgan inson ijtimoiy hayotda ham, davlat ishlarida ham hech qachon ochkoʻzlik, taʼmagirlik va boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaydi. Boshqarma tomonidan axborot-kutubxona xodimlari, matbuot kotiblari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan  muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan mavzu doirasidagi tadbirlarda oiladagi tarbiyaning ana shu eng muhim jihatlariga alohida eʼtibor berilmoqda. Har bir ishchi-xodim  zimmasidagi vazifalarni sidqidildan ado etishlari, odob-ahloq qoidalariga rioya qilishlari, shuningdek, korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarga qoʻl urmasliklari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilmoqda. 


Вчера, 10:33
Вернуться назад